Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon ikki davlat chegarasida o‘z kuchlarini jamlaganini ma’lum qildi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotni rad etdi.

Foto: “TASS”
“Oxirgi haftada mintaqamizdagi harbiy-siyosiy vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Sababi Ozarbayjon bir necha kundan beri Tog‘li Qorabog‘ va Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi aloqa chizig‘i bo‘ylab qo‘shinlarini to‘plamoqda”, — dedi Pashinyan.

U vaziyat “portlash xavfi”ga egaligi, Ozarbayjonning harakatlari Tog‘li Qorabog‘ va Armanistonga qarshi yangi harbiy provokatsiya uyushtirish ekanini aytdi. Armaniston bosh vaziri xalqaro hamjamiyat va BMT davlatlarini mintaqada yangi portlashning oldini olish uchun jiddiy choralar ko‘rishga chaqirdi.

Ozarbayjon Pashinyanning da’volarini rad etdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Pashinyanning mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashgani haqidagi ayblovlariga javob qaytardi.

“Armaniston bosh vazirining Ozarbayjon go‘yoki mamlakat hududida kuchlarni to‘plashda va harbiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirayotganlikda ayblashi Armanistonning navbatdagi yolg‘on siyosiy hiylasidir.
Mintaqada tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatish uchun Armaniston tomoni Ozarbayjonga nisbatan hududiy daʼvolaridan voz kechishi, harbiy va siyosiy provokatsiyalarga chek qo‘yishi, tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash yo‘lidagi to‘siqlarni to‘xtatishi kerak”, — deyiladi TIV bayonotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »