Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli Ozarbayjon bilan harbiy harakatlar boshlash niyatida emasligini aytdi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi.

Foto: Sputnik 

Armaniston bosh vaziri raisligida Xavfsizlik kengashining Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

“Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ armanlarini etnik tozalash bo‘yicha quruqlikdagi operatsiyani boshladi, Armaniston bu uchun hech kimga mandat bermagan. Ayrim ichki va tashqi kuchlar Armanistonni urushga tortishga harakat qilmoqda.

Yana bir bor tasdiqlayman: Tog‘li Qorabog‘da Armaniston qurolli kuchlari yo‘q. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ayniqsa hissiy jihatdan, ba’zi tashqi va ichki kuchlarga Arman davlatchiligini xavf ostiga qo‘yish imkoniyatini bermasligimiz kerak”, — dedi Pashinyan.

Shuningdek, u “Armaniston jangovar harakatlarda ishtirok etmasligi, hozircha hech qanday shoshilinch harakat qilinmasligini” bildirdi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi hududda tinchlik o‘rnatishning yagona yo‘li “Armaniston qurolli kuchlarini Qorabog‘dan to‘liq olib chiqib ketish va Stepanakertdagi rejimni tarqatib yuborishdan iborat” ekanini bildirdi.

Bunga javoban Armaniston Mudofaa vazirligi (shuningdek Pashinyan) Qorabog‘ hududida arman qurolli kuchlari yo‘qligini aytdi:

“Avvalgidek, Ozarbayjon rasmiy xabarlari va ommaviy axborot vositalarida Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari, harbiy texnika va shaxsiy tarkib Tog‘li Qorabog‘da joylashgani haqidagi yolg‘on xabarlar uchrashda davom etmoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da Armaniston qurolli kuchlari yo‘qligini bir necha bor, shu jumladan hozir ham ta’kidlaydi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »