Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘dagi harakatlarini “agressiya” deb atadi. Vazirlik hududdagi vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun “mahalliy aksilterror choralari”ni boshlagani haqida xabar berdi. Bu arman tomonining provokatsiyalari, jumladan, Ahmadbeyli—Fuzuli—Shusha trassasida avtomobil portlashi oqibatida politsiya xodimlarining halok bo‘lishi bilan izohlangan.

Armaniston Qorabog‘da arman armiyasining bo‘linmalari yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.

“19-sentabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ xalqiga qarshi navbatdagi keng miqyosli agressiyani uyushtirdi, etnik tozalash siyosatini yakunlashga intildi. Ozarbayjon jazosiz qolish tuyg‘usidan kelib chiqib, agressiya uchun javobgarlikni ochiqchasiga o‘z zimmasiga oldi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da, Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlari javobgarlik zonasida ‘aksilterror choralari’ boshlanganini e’lon qildi. Ozarbayjon tomonining rasmiy bayonotiga ko‘ra, ular Rossiya tinchlikparvar kuchlari qo‘mondonligini, shuningdek, Rossiya-Turkiya monitoring markazini xabardor qilgan”, — deyiladi Armaniston TIV bayonotida.

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi “Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ga bo‘lgan agressiyasini va ommaviy jinoyatni keskin qoralashini” bildirdi.

“Bu roppa-rosa uch yil avval, 2020-yilda Tog‘li Qorabog‘ga qarshi keng ko‘lamli kuch ishlatishning davomidir”, — deya ta’kidladi TIV.

Vazirlik Ozarbayjon “harbiy obyektlarni yo‘q qilish” bahonasida aholi punktlari, Stepanakert shahri va boshqa shahar va qishloqlarni o‘qqa tutishini aytdi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi aholi punktlarini o‘qqa tutmayotganini ta’kidladi.

“Biz xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun asosiy mas’uliyat yuklangan xalqaro hamkorlarga, BMT xavfsizlik kengashi a’zolariga, shu jumladan Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya rahbarlarining 2020-yil 9-noyabrdagi bayonotiga muvofiq Tog‘li Qorabog‘da joylashgan Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlariga murojaat qilamiz Ozarbayjonning agressiyasini to‘xtatish uchun aniq qadamlar qo‘ysin”, — deyiladi bayonotda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »