Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyatining Chust tumanidagi bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchi bolalarning ommaviy zaharlanishi kuzatilgan edi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi zaharlangan bolalar soni 71 nafar ekanini bildirgan bo‘lsa, Bosh prokuratura Chustda Favqulodda holat e’lon qilinganini inkor etgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, holat vazir nazoratiga olingan. 

Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda. Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda, — deyiladi vazirlik bayonotida. 

Vazirlikning bildirishicha, ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.

Tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot beriladi, — deydi vazirlik vakillari. 

Avvalroq Bosh prokuratura voyaga yetmagan bolalar zaharlanishi yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ochiqlagandi.

Tekshirish davomida voyaga yetmagan bolalarning zaharlanishi sabablari aniqlanadi va bu haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi. Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaharlanganligi hali noma’lum bo‘lganligi sababli jamoatchilikdan noto‘g‘ri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarni so‘rab qolamiz. Tekshirish jarayoni nazoratga olingan. Chust tumanida favqulodda holat e’lon qilinganligi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »