Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

SSV maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’molini to‘xtatishga ko‘rsatma berdi.

Keltirilishicha, 21-sentyabr kuni Chust tumanida 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan. Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borishgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan.

Keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borgan. Shunga ko‘ra, 23-MTTdan 35 nafar, 51-MTTdan 20 nafar, 18-MTTdan 5 nafar, 36-MTTdan 3 nafar, 7-o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 43-MTTdan 1 nafar, 21-o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 30-MTT 2 nafar 35-MTTdan 1 nafar 34-MTTdan 1 nafar, oilaviy MTTdan 1 nafar — jami 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Buning sababi qilib “Kaliy yodid I mg tabletka Antistrumin” dori vositasini Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-iyuldagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida SSV xarid komissiyasi yig‘ilishining 4-sonli bayonnomasiga asosan tarqatilgan dori sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Yuqoridagilarga asosan SSV barcha Qoraqalpog‘iston SSV, Toshkent shahar va viloyatlar SSBlari ushbu dorining taqdiri hal bo‘lgunga qadar, ya’ni laborator xulosalar chiqqunga qadar taqsimot qilingan dori iste’molini zudlik bilan to‘xtatishni so‘ragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »