Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qaroriga muvofiq, respublika hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan alohida asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxat o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarni kiritish hisobiga kengaytirildi. Ular:

  • g‘ildirakli, harakatlanadigan ko‘tarma fermalar va portal yuk ortgichlar;
  • minora kranlari;
  • to‘qimachilik tolalarini transportirovka qilish uchun pnevmatik ko‘targichlar va konveyerlar;
  • tovarlar va materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan kovshli, tasmali, rolikli va boshqa elevator hamda konveyerlar;
  • pochta jo‘natmalarini saralash, taxlash yoki konvertlarga joylash yoki o‘rab bog‘lash uchun mashinalar, pochta jo‘natmalarini ochish, yopish yoki muhrlash uchun mashinalar hamda pochta markalarini yopishtirish yoki hisobdan chiqarish uchun mashinalar;
  • o‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 375 kVAdan, 750 kVAgacha va 750 kVAdan yuqori); 
  • yuqori haroratli payvandlash uchun mashina va apparatlar;
  • yo‘lsiz sharoitlarda foydalanish mo‘ljallangan, elektromexanik transmissiyaga ega (dizel va elektr dvigatellari o‘rnatilgan), yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk mashinasi (avtomobil-samosval);
  • issiqxona uchun uskuna va jihozlar.

Shuningdek, hujjatda investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga qo‘shimcha vakolatlar berish belgilangan.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 20-sentabrdan kuchga kirdi.

Mart oyida O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojidan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlangandi.

Aprelda esa mamlakatda bir qator qurilish materiallari importi 2025-yilgacha bojxona bojidan ozod qilinishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »