Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Vashington Kiyevga ATACMS uzoq masofali raketalarining kichik partiyasini topshirishiga va’da berdi. Bu haqda manbalarga tayanib, NBC News telekanali xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti veb-sayti

Telekanal suhbatdoshlari raketalar qachon yuborilishi yoki ta’minot haqida qachon rasman e’lon qilinishiga aniqlik kiritmadi.

The Washington Post gazetasi, o‘z navbatida, Bayden ma’muriyati Kiyevga an’anaviy emas, klasterli kallakka ega ATACMS’larni topshirish niyatida ekanini yozdi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken matbuot anjumanida Kiyevga ATACMS raketalarini berish imkoniyati haqidagi savolga javoban shunday dedi:

“Biz (urush) boshidanoq Ukraina bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, ularga eng kerakli narsalarni yetkazishga harakat qilyapmiz.. ushbu jarayon davom etadi”.

Xuddi shunday savol Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan qo‘shma matbuot anjumanida berildi. Bunga javoban Ukraina rahbari AQSH prezidenti bilan uchrashuvda Ukraina Qurolli kuchlarining ehtiyojlari muhokama qilingani va AQSH Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirishga va’da berganini aytdi.

Ukraina bir necha oydan beri AQSHdan uzoq masofali ATACMS raketalarini so‘rab keladi. Ularning harakat masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi; Kiyev ulardan xalqaro tan olingan Rossiya hududiga hujumlar uchun foydalanmaslikka va’da bermoqda.

Bayden va Zelenskiy 21-sentyabr kuni Oq uyda uchrashgan. Ukraina prezidenti keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri AQSHga ikkinchi bor tashrif buyurdi. Ommaviy axborot vositalari ushbu uchrashuv natijasida ATACMS yetkazib berish rasman e’lon qilinishini kutgan edi, ammo bunday bo‘lmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »