Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Ukraina hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yana bir bor ogohlikka chaqirdi.

Foto: “Yandeks”

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

“Shu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

23-iyul kuni Rossiya Donetsk viloyatida O‘zbekistondan kelgan quruvchilarning pasportlarini olib qo‘yib, ularni “ko‘ngilli” sifatida urushga yuborgani haqida xabar berildi. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi holat yuzasidan ma‘lumot berdi. Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya qo‘shinlari safiga ko‘ngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani to‘g‘risida chop etilgan maʼlumot yuzasidan Ukrainadagi elchixona mazkur davlat Tashqi ishlar vazirligiga tegishli so‘rov yuborgan.

O‘z navbatida Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning ushbu davlatga qarshi urushida qatnashmaslik va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirdi.

O‘zbekiston fuqarolariga chet davlatlarining harbiy xizmatiga yollanish qonunan taqiqlanadi!

O‘zbekiston fuqarolari chet davlatlarning (shu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154,1-moddasiga ko‘ra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »