Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatiga shaxsan davlat rahbarining topshiriqlari bilan yetib bordi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilishicha, bolalarning kayfiyati yaxshi, hammasi asta-sekin tuzalmoqda. Ularning ko‘pchiligi sog‘aygani uchun uyiga — oilasi bag‘riga qaytarilgan.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

“Vaziyatni ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko‘pchiligi sog‘aygani uchun uyiga - oilasi bag‘riga qaytarilgan.

Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik.

Shundan so‘ng bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, taʼlim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildik.

Hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Bugungi kunda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazildi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

“Daryo”ga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning kasallanish holatlari nafaqat Chustda, balki viloyatning boshqa hududlarida ham aniqlanmoqda. Jumladan, Pop tumanida 118Namangan shahri va Namangan tumanida 8 nafardanYangiqo‘rg‘on tumanida 6Yangi Namangan tumanida esa 4 nafar bolaning yaqinlari shifokorlarga murojaat qilgan.

Namanganda oxirgi ikki kun mobaynida bolalarning kasallanish holati bilan bog‘liq 450 ta murojaat kelib tushgan. Ularning eng ko‘pi — 306 tasi Chust tumaniga to‘g‘ri kelmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »