Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 25-sentabr, dushanba kuni davom ettirilmoqda. 

Unda O‘zbekiston vakillari turli sport o‘yinlarida ishtirok etmoqda.

Akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturida Anna Prakaten O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi. Kumush va bronza medallari esa Xitoy hamda Yaponiya vakillariga nasib etdi.

Akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida M4- dasturida ishtirok etgan Shehroz Hakimov, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va oltin medalga ega chiqishdi.

Shuningkdek, O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z g‘aznasini yana bir kumush medal bilan boyitdi. Akademik eshkak eshish bo‘yicha M4x dasturida startga chiqqan Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov va Sobirjon Safaraliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »