Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farhod Mannopov vafot etgani bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan ayb e’lon qilingan.

“Mitti vayn” taxallusi bilan tanilgan 27 yoshli vayner Farhod Mannopov 5-mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan klinikalardan birida vafot etgan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Iyun oyida u vafot etgan klinikaning litsenziyasi sud qarori bilan bekor qilindi.

Dastlab olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida 2013-yilda ushbu klinikada yana bir shaxs jarrohlik amaliyoti vaqtida vafot etgani haqida ko‘rsatma olingan. Biroq tergov davomida ushbu vaj o‘z tasdig‘ini topmagan. Bosh prokuratura barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinishini ma’lum qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »