Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi Shimoliy Koreyaga tashviqot varaqalari yuborishni taqiqlovchi qonunni bekor qildi, deb yozmoqda Yonhap. Bekor qilish uchun yetti nafar sudya ovoz berdi, ikki nafari qarshi chiqdi.

Foto: EPA
“Qonunning maqsadi, ya’ni inson hayoti xavfsizligini ta’minlash — muhim ijtimoiy manfaat.. lekin so‘z erkinligi bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlar nomutanosib darajada katta”, — deyiladi sud bayonotida.

“Koreyalararo munosabatlarni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qonunga chegara orqali targ‘ibot varaqalari tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishlar 2021-yil mart oyida kiritilgan edi. Varaqalar yuborgani uchun qoidabuzarlar uch yilgacha qamoq yoki 30 million von (22 172 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.

O‘zgartirishlar sobiq prezident Mun Chje In maʼmuriyatida bunday varaqalar Shimolni jangovar harakatlarga chorlashi va chegaradosh shaharlar aholisi xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi sabab kiritilgan.

Yonhap taʼkidlaganidek, “Ozod Shimoliy Koreya uchun jangchilar” singari KXDRdan qochib kelgan guruhlar mamlakatga tashviqot varaqalari solingan katta plastik sharlarni jo‘natar edi. Ular buni “tashqi ma’lumotlar yordamida Shimoliy Koreya xalqini zolim Shimoliy Koreya rejimidan ozod qilishga” urinish deb izohlagan.

Ushbu kampaniyalar Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi doimiy ziddiyat manbayiga aylangan, deya ta’kidlaydi agentlik. 2020-yil iyun oyida Shimoliy Koreya Kesondagi qo‘shma aloqa idorasini portlatib yubordi, chunki Seul Shimoliy Koreyadan qochganlarning chegara orqali Pxenyanga qarshi varaqalar yuborishiga chek qo‘ya olmadi, deb eslatdi Yonhap.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »