Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda bug‘doyni avtomobil va temiryo‘l orqali olib kirishga taqiq joriy etildi. 337-sonli tegishli buyruq Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan 25-sentyabr kuni imzolangan.

Foto: “APK Novosti”

Cheklovlar 6 oy muddatga kiritiladi va bug‘doy importiga taalluqlidir:

  • uchinchi davlatlardan va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan (YOII) avtomobil transportida Qozog‘iston hududiga (11.10.23 dan);
  • Qozog‘iston hududiga temiryo‘l orqali uchinchi davlatlardan va YOII davlatlaridan (26.09.23 dan).
“Taqiq vagonlar orqali litsenziyalangan elevatorlarga, donni qayta ishlash korxonalariga va parrandachilik korxonalariga olib kiriladigan bug‘doyga taʼsir qilmaydi, shuningdek, Qozog‘iston hududi orqali bug‘doyni tranzit tashish ham bundan mustasno. 

Ko‘rilgan chora mamlakatning xalqaro majburiyatlariga, jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi normalariga zid emas.

“YOII to‘g‘risidagi shartnomaning 29-moddasiga muvofiq, YOIIga aʼzo davlatlar, agar ular mamlakat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur bo‘lsa, tovarlarning o‘zaro savdosida cheklovlar qo‘llashga haqli”, — deya tushuntirdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

Qozog‘istonda 1-sentyabr holatiga ko‘ra olib kelingan bug‘doyning zahirasi 3,7 million tonnani tashkil etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »