Ilon Mask Kanada bosh vazirini mamlakatda so‘z erkinligini yo‘q qilishga urinishda aybladi
Tadbirkor va milliarder Ilon Mask Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoni onlayn platformalar bilan bog‘liq yangi qoidalarning kuchga kirishi munosabati bilan so‘z erkinligini yo‘q qilishga urinayotganlikda aybladi.
Mask bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) sahifasida yozgan.
“Tryudo Kanadada so‘z erkinligini yo‘q qilishga urinmoqda. Bu uyat”, — deya munosabat bildirdi Mask Kanada rasmiylarining harakatlariga.
Kanada radioeshittirish va telekommunikatsiyalar komissiyasi (CRTC) sentyabr oyi oxirida strimlar va podkastlar uchun yangi qoidalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, yiliga 10 million Kanada dollaridan (7,4 million AQSH dollari) ortiq daromad oladigan onlayn platformalar joriy yilning 28-noyabriga qadar ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Tushuntirish xatida qayd etilishicha, ro‘yxatdan o‘tish talablari ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn xizmatlarga nisbatan qo‘llanadi.