Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Maskning nashr etilgan tarjimayi holi fonida uning nomi yana birinchi sahifalardan tushmay qoldi. Uolter Ayzeksonning kitobidan olingan faktlar internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda, jamoatchilik esa 52 yoshli tadbirkorning nechta farzandi borligi bilan qiziqmoqda. Spoyler: so‘nggi yangiliklarga ko‘ra — ular o‘nta.

Foto: Getty Images

Ilon Maskning muvaffaqiyatlari haqiqatan ham hayratlanarli. Tesla Motors asoschisi bozorga inqilobiy elektromobil modellarini olib keldi. Uning xoldingiga PayPal to‘lov tizimini sotib olgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish kompaniyasi ham kiradi. Mask, shuningdek, sayyoralararo transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan SpaceX brendining asoschisi va yetakchi muhandisidir. Maskning bir nechta g‘ayrioddiy odatlari bor va ulardan ba’zilari haqida gaplashamiz.

Telefon qo‘ng‘iroqlarini yoqtirmaydi

Foto: Getty Images

Ilon Mask hayratlanarli darajada tartibli shaxs va bunday yirik biznes egasi uchun bu normal holat. Foydali ishlar bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan paytda vaqtini behuda sarf qilmaslikni afzal ko‘radi. Shunday qilib, ixtirochi telefonda gaplashish uchun qimmatli daqiqalarni behuda sarflamaslik maqsadida elektron pochta yoki messenjerlar orqali muloqot qilishni afzal ko‘radi.

Kam uyqu va aniq jadval

Seminarlarida u uyqu foydalari haqida gapirsa-da, lekin o‘zi kuniga 6 soatdan ortiq uxlamaydi. Ammo eng hayratlanarlisi shundaki, Ilonning kun tartibi daqiqama-daqiqa rejalashtirilgan va u besh daqiqalik maksimal xato bilan jadvalga qat’iy amal qiladi.

Ratsion

Ilon Mask kunning eng muhim taomi — nonushtani o‘tkazib yuboradi. U ertalab juda band ekanligini bir necha bor tan oladi. Agar Ilonning ertalab bir necha bo‘sh daqiqasi bo‘lsa, omlet bilan qahva ichib qo‘ya qoladi.

Foto: Getty Images

Shaxsiy gigiyena 

Mask har doim bir narsaga vaqt topadi — bu dush. Intervyularidan birida Ilon shaxsiy gigiyena u uchun juda muhim ekanligini, agar oldida nonushta qilish va dush qabul qilish tanlovi turganida, u har doim ikkinchisini tanlashini aytadi.

Salomatlik

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Ilon Mask to‘g‘ri uyqu va ko‘p vazifali rejimga alohida e’tibor beradi. Muhandislik dahosi qanday bo‘lmasin o‘zining tig‘iz ish jadvalida (Mask haftasiga 100 soat ishlaydi) intensiv mashg‘ulotlar uchun vaqt topadi. Stressdan xalos bo‘lish va energiyaga to‘lish uchun yugurishni va og‘irlik ko‘tarishni yaxshi ko‘radi. To‘g‘ri, bir yil oldin hamma Ilon Maskning ta’tilda tushgan fotosuratini muhokama qilgandi. Hatto otasi unga qomatiga e’tiborli bo‘lishni qat’iy maslahat bergan, ammo Mask tanqidlarga e’tibor ham qilmagan.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »