Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirda prokat filmlarining remeyklari va multfilmlarning filmga moslashuvi ommalashdi. Ba’zi tomoshabinlar ketgan vaqtiga achinadi, lekin bunday narsalarni yoqtiradiganlar ham bor.

Bellning mahorati (“Sohibjamol va maxluq”)

Foto: AdMe

Bell nafaqat kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi, balki ixtirochi ham: u otasiga mexanizmlar bilan ishlashda yordam beradigan darajada aqlli. Bundan tashqari, Bell kir yuvishning yanada samarali usulini o‘ylab topadi.

Jin uchun baxtli yakun (“Aloviddin”)

Foto: AdMe

Multfilmda Jinning taqdiri haqida ko‘p gapirilmaydi. Ammo bosh qahramon do‘stiga erkinlik beradi, shuningdek, Jin savdogarga aylanadi.

Filmda esa Jin malika Daliyaning xizmatkorini sevib qoladi. Oxir-oqibat, qahramonlar turmush qurishadi va farzand ko‘rishadi. Ushbu versiyada Jin dengizchi bo‘lib, oilasi bilan kemada sayohat qiladi.

Zolushka kiyimlari (“Zolushka”)

Foto: AdMe

Klassik multfilmdagi Zolushka va 2015-yilgi film qahramoni liboslari sezilarli darajada farq qiladi. Misol uchun, filmdagi Zolushkaning kiyimi multfilmdagi kabi eskirgan emas, balki yanada nafis ko‘rinadi.

Ariel va Erikning munosabatlari (“Suv parisi”)

Foto: AdMe

Multfilmda qahramonlar o‘rtasida uchqun paydo bo‘ldi va u ko‘proq o‘tkinchi sevgiga o‘xshaydi. Ammo 2023-yilgi kinoda bosh qahramonlarning munosabatlari yanada mustahkam poydevorga ega. Ariel va Erik juda ko‘p umumiy jihatlarga ega. Birinchidan, ikkalasi ham ota-onalari bilan muammolarga duch kelishadi: suv parisining juda qattiqqo‘l otasi, shahzodaning esa zolim o‘gay onasi bor. Ikkinchidan, qahramonlar bir-birlarida atrofdagi dunyoni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni kashf etadilar.

Ertakning oxiri (“Alisa mo‘jizalar mamlakatida”)

Foto: AdMe

Multfilmda Alisa shunchaki daraxt ostida uxlab qoladi va finalda xuddi o‘sha yerda uyg‘onadi. Filmda esa uyg‘ongan Alisa film boshida tushib qolgan quyon inidan sudralib chiqadi.

Malefisentaning shaxsiyati (“Uyqudagi malika” va “Malefisenta”)

Foto: AdMe

“Uyqudagi malika” animatsion filmining “Malefisenta” filmi ijdkorlari tanish sujetni o‘zgartiradi. Filmda Avroraning otasi haqiqiy yovuz odam bo‘lib chiqadi. Axir u Malefisentaga nisbatan yomonlik qilib, o‘ziga va qiziga nisbatan uning g‘azabini qo‘zg‘aydi.

Film oxirida Avrora shahzodaning sevgi bo‘sasidan emas, balki ona mehrini ko‘rsatgan Malefisentaning peshonasidan o‘pishi bilan uyg‘onadi.

Ursula hikoyasi (“Suv parisi”)

Foto: AdMe

Multfilmdagi Ursulaning qarindoshlari bo‘lmagan. Filmda esa uning tarjimayi holi qayta yozilgan: u yovuz odam Tritonning singlisi va Arielning xolasi bo‘lib chiqadi.

Jasminning kiyimi va poyabzali (“Aloviddin”)

Foto: AdMe

Tomoshabinlarning ta’kidlashicha, “Aloviddin” multfilmida Yasmin hech qachon malikalarning qimmatbaho libosida ko‘rinmaydi. Deyarli har doim u firuzarang libos kiyadi.

Ammo filmda uning ajoyib liboslari talaygina, poyabzali ham boshqacha. Multfilmdagi malika uchli sharqona kovush kiyadi, yangi Jasmin esa poshnali tuflida yuradi.

Foto: AdMe

Filmdagi malika tez-tez kiyimlarini o‘zgartiradi va ularning aksariyati hashamatli liboslar. Misol uchun, Aloviddin bilan birinchi marta uchrashganda, Jasminning egnida nimchali ko‘ylak bo‘ladi. Yigit shahzoda Ali nomi bilan paydo bo‘lganida, malika ajoyib apelsinrang libosda chiqadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »