Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Priti Jangiani Bollivudga Hindistonning janubidan kelgan va hanuzgacha ijodiy iste’dodini turli filmlarda ko‘rsatib kelmoqda. “Sevishganlar” melodramasida yosh beva ayol rolini a’lo darajada ijro etgan aktrisa sakkizta filmda suratga tushganini ko‘pchilik bilmasa kerak.

Foto: Bollywoodtime

Priti Jangiani 1980-yil 18-avgustda Mumbayda tug‘ilgan. U oilaning kenja qizi edi. Katta opasi Dipa bilan birga Priti 10 yoshigacha malika bo‘lishni orzu qiladi, shuning uchun ota-onasi unga chiroyli toj sovg‘a qiladi. 

“O‘shanda oynaga qarab, sahnaga chiqishimni va odamlar go‘zalligimga qoyil qolishlarini tasavvur qilgandim”, — deb eslaydi aktrisa tabassum bilan.
Foto: Bollywoodtime

Bir necha yil o‘tgach, reklama agentlari yosh Pritiga e’tibori qaratishadi, shundan keyin u shou-biznesning qizg‘in olamiga kirib keladi. Suratga olish, shartnomalar tuzish, reklamada ishtirok etish va kliplarda chiqish qizga kino olamiga yo‘l ochadi.

Foto: Bollywoodtime

Juda bandligi tufayli u hatto maktabni tashlashga majbur bo‘ladi, o‘qishini tugatolmaydi. 1999-yilda Priti uchta filmda debyut qiladi. Bosh rolni Pavan Kalyan ijro etgan telugu tilidagi “Kichik birodar” filmi, Kunchasko Boban ishtirokidagi “Kamalak” malayalam romantik trilleri va Prashanth ishtirokidagi “Salom” tamil tilidagi romantik drama.

Foto: Bollywoodtime

Shunday qilib, “Sevishganlar” melodramasi orqali Bollivudda birinchi marta paydo bo‘lganida, Priti Jangiani kinoga endi kirib kelganlardan emasdi. “Sevishganlar” tanqidlar e’tirofiga sazovor bo‘ladi va kassa bo‘yicha ham yuqori daromad keltiradi.

Foto: Bollywoodtime

Muvaffaqiyat to‘lqinida Priiti “Sevgi bebaho” va “Kutilmagan burilish” komediyalariga, shuningdek, “Chiziq bo‘ylab” va “Bo‘ri” jangovar filmlarida ishtirok etadi. Ulardan keyin “Nazorat chizig‘i” va “Mag‘rurlik” dramalarida rol ijro etdi, ammo Priti kino sanoatida boshqalardan ajralib turishning uddasidan chiqolmadi.

Foto: Bollywoodtime

U bir nechta tildagi filmlarda rol o‘ynashga muvaffaq bo‘ladi, hatto Pokiston kinosida ham qatnashadi, lekin rollari oddiy bo‘lib, aktrisani boshqalardan farqlab turmasdi. Uning o‘zi buni his qilgach, Bollivudni tark etadi.

Foto: Bollywoodtime
“Men xohlagan karyeramga erisha olmadim. Menga taklif qilingan rollardan norozi edim. Faqat bosh rollarni orzu qilganman demayman, lekin ular filmda hech bo‘lmaganda sujetga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’noga ega bo‘lishi kerak edi. Bu men uchun muhim edi. Bollivud menga bunday narsani taklif qilmadi. Shuning uchun o‘zimning yoki muxlislarimning hafsalasini pir qilgandan ko‘ra ketganim ma’qul, deb o‘yladim”, — deb tan oladi Priti.
Foto: Bollywoodtime

“Menga ko‘plab teleko‘rsatuvlar, hatto realiti-shoulardan taklif tushgandi, lekin o‘zim xohlamadim. Maqsadim faqat pul topish bo‘lganida, rozi bo‘lardim. Ammo aktyorlik o‘zga narsa. Televideniyeni yomonlamoqchi emasman, biroq bu uzoq muddatli majburiyat. Rafiqa va ikki farzandning onasi sifatida buni uddalolmasdim”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

Foto: Bollywoodtime

2000-yillar o‘rtalarida Priti rejissor Firoz Nadiadvalaning ukasi Mushtaq Xon bilan unashtiriladi. Biroq juftlik noma’lum sabablarga ko‘ra unashtiruvni bekor qilishadi.

Foto: Bollywoodtime

2006-yilda “Sevgi bilan” filmining suratga olish maydonchasida Priti aktyor Parvin Dabas bilan tanishadi. Ular 2008-yil 23-martda turmush qurishadi va uch yildan so‘ng o‘g‘illi bo‘lishadi. 2016-yilda Priti Dev ismli yana bir o‘g‘lini dunyoga keltiradi.

Foto: Bollywoodtime

Keyinchalik Priti va Parvin o‘zlarining prodyuserlik kompaniyasini tashkil etishadi, eri kmpaniya prodyuseri bo‘ladi. Shuncha yildan so‘ng Priti Bollivudga 23-iyun kuni SonyLI da premyerasi bo‘lgan “Kafas” dramasi bilan ekranlarga qaytdi. Bu Britaniyaning 2019-yilgi “Iflos pullar” mini-serialining hindcha varianti. Filmda bosh rollarni Sharman Joshi va Mona Singx ijro etgan.

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »