Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eski kinolarni yaxshi ko‘radigan har bir tomoshabin “Ishdagi ishq” filmidagi qat’iy Lyudmila Prokofyevnani, “Shafqatsiz sevgi” filmidagi hozirjavob Xarita Ignatiyevnani eslaydi. Bu rollarni Alisa Freyndlix ijro etgan, uning hayoti ham o‘zi ishtirokidagi mashhur filmlardan kam emas.

  • Alisa Brunovnani Natasha deb atashlariga oz qolgan. Uning onasi Kseniya Fyodorovna qiziga shu ismni qo‘yishni xohlagan. Otasi va buvisi esa Alisa ismini qo‘yishga ko‘ndiradi, chunki bu otasining ismi va familiyasiga mos kelardi.
Foto: AdMe
  • Maktabda Alisa Mariya Prizvan-Sokolova boshchiligidagi teatr to‘garagiga qatnashadi. Taniqli aktrisa qizdagi iste’dodni payqab, unga aktyorlik mahoratini o‘rgatadi.
  • Freyndlix o‘quvchilik yillarini shunday esladi: “Sinfda deyarli barcha fanlardan ikkichi edim, o‘qituvchilar meni aktrisa deb atashardi. Formulalarni tushunishga urinib, ko‘nglim aynib ketardi”. Ammo Alisa Brunovnaning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilar uning aktrisalik iste’dodining hurmati yuzasidan 3 qo‘yishardi.
  • Aynan Mariya Aleksandrovna keyinchalik Freyndlixga teatr institutiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Tanlov komissiyasi oldida Alisa Nikolay Gogolning “O‘lik jonlar” she’ridan parcha o‘qib beradi va “Meni koyima, azizim” romansini kuylaydi. Va nihoyat unga talablik baxti nasib etadi.
  • O‘quv jarayonida bo‘lajak aktrisa institutdan haydalishiga oz qoladi, Alisa bir qancha muammolarga duch keladi. Biroq o‘qituvchisi Boris Zon uni olib qolish uchun harakat qiladi. Uning aralashuvi tufayli Freyndlix aktrisalik mahoratini oshirishda davom etadi. Institutni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Zon Freyndlixni viloyat va milliy ahamiyatga ega drama teatrlariga tavsiya qiladi.
Foto: AdMe
  • Keyinchalik Freyndlix ekran yulduziga aylangan bo‘lsa-da, o‘ttiz yoshga qadar kinoda faqat epizodlardagi rollarni o‘ynaganini ko‘pchilik bilmaydi. Filmlardagi ishtiroki bilan birga u teatrda ham porlaydi.
  • 1960-yillarda Freyndlixning teatr karyerasi cho‘qqiga chiqadi. Rejissor Igor Vladimirov bilan boshlangan ijodiy hamkorlik nikohga olib keladi. Alisa Brunovna “Lensovet” teatrining deyarli barcha spektakllarida o‘ynagan va Leningrad teatr muxlislari orasida juda mashhur edi. U ishtirok etgan “Bolakay va Karlson” spektakli ayniqsa kattalar va bolalar tomonidan sevib tomosha qilinadi.
  • Ishi yuzasidan Freyndlix deyarli bir oy poyezdma-poyezd yuradi. Aktrisa teatrdagi ishi bilan bir vaqtda “Ishdagi ishq” filmida ham suratga tushishi kerak edi. Natijada u har tunni Moskvadan Leningradga va yana ortga qaytadigan “Krasnaya strela” poyezdida o‘tkazadi. Alisa Freyndlixning eslashicha, Ryazanov bilan hamkorlik shunchalik yoqimli bo‘lganki, u bu qiyin davrni osongina yengib o‘tadi, ishidan charchamaydi.
Foto: AdMe
  • Ammo Freyndlixdan uning hayotidagi eng noqulay vaziyat haqida so‘rashganda, u xuddi shu “Ishdagi ishq” filmini eslaydi. Gap shundaki, Alisa Brunovna o‘z ishi uchun mukofot olmagan yagona aktrisa edi. “Hamma nega unday, deb so‘rardi. O‘zimni noqulay his qilardim, nima uchunligini bilmasdim”. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, bunga aktrisaning teatrdagi faoliyati uchun ilgari mukofot olgani, avvalgisidan so‘ng darhol yangi mukofot berilmasligi sabab bo‘lgan.
  • Bu Freyndlixning Ryazanov bilan hamkorlikdagi birinchi filmi emasdi. U “Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling” filmida Nadya rolini o‘ynashi mumkin edi, ammo oxirgi daqiqada rol Barbara Brilskaga beriladi. Bundan tashqari, Freyndlix “Taqdir zigzagi”da ham o‘ynay olmaydi, chunki suratga olish paytida u homilador edi. Ammo “Ishdagi ishq” aktrisa karyerasida o‘z o‘rnini egallaydi va unga haqiqiy muvaffaqiyat keltiradi.
  • Freyndlix “D’Artanyan va uch mushketyor” filmidagi qirolicha Anna roliga uning roziligidan so‘ng darhol, kastingsiz ma'qullanadi. “Men tirik malikani faqat televizor yoki gazetada ko‘rmaganman. Rejissor va men mutlaqo dunyoviy ayolni yaratmoqchi edik”, — deydi Freyndlix personaj haqida.
  • “Shafqatsiz sevgi” filmida Alisa Brunovna Larisa Guzeyeva qahramonining onasi rolini ijro etadi. Guzeyeva murakkab sahnani o‘ynay olmaydi: u bir vaqtning o‘zida ham yig‘lashi, ham kulishi kerak edi. Ammo yosh aktrisa soxta yig‘lay olmasdi. Freyndlix avvaliga jimgina kuzatib turadi, keyin esa Larisaning yuziga shapaloq uradi. U yig‘lay boshlaydi va Alisa Brunovna baqiradi: “Endi kul”. Kerakli sahna shu tarzda suratga olinadi. Keyinchalik Freyndlix hamkasbidan kechirim so‘raydi, Guzeyeva esa yordami uchun unga minnatdorlik bildiradi.
Foto: AdMe
  • Ammo Andrey Tarkovskiy o‘zining “Stolker” filmida Freyndlixni suratga olishni rejalashtirmagan. Bosh qahramonning rafiqasi roli uchun rejissor o‘zining xotini Larisani mo‘ljallaydi. Ammo film operatori uni Alisa Brunovna va Marina Neyolovani kastingga taklif qilishga ko‘ndiradi. Neyolovaning nomzodi darhol bekor qilinadi: ijodkorlar bu aktrisani rol uchun juda yosh deb hisoblashadi, ammo Freyndlix ularni hayratda qoldiradi. Keyin operator Tarkovskiyga yaqinlashib, “Xo‘sh, kimni suratga olamiz — aktrisanimi yoki Larisanimi?” deb so‘raydi. Tarkovskiy esa: “Alisa turganda xotinimni olarmidim”, deydi.
  • Freyndlixning o‘zi Tarkovskiyning boshqa filmi “Oyna” kartinasida o‘ynash imkoniyati bo‘lganini aytadi. Ammo u o‘sha paytda teatr spektakllari bilan gastrollarda bo‘lgani uchun suratga olish ishlariga kelolmagan.
Foto: AdMe
  • Aktrisa 1987-yilda orzusi — Bulgakovning Margaritasi ekanligini aytadi. Biroq u hech qachon bu qahramonni o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
  • Alisa Freyndlix barcha nikohlarini muvaffaqiyatli deb hisoblaydi va ular haqida zavq bilan gapiradi. U uch marta turmushga chiqqan, uchala hikohida ham baxtli yashagan. Aktrisa 3-eri Yuriy Solovyov bilan ajrashgandan so‘ng, boshqa turmushga chiqmaslikka qaror qiladi.
  • Aktrisaning aytishicha, u shu kungacha ham erkaklar e’tiboridan chetda bo‘lmagan, ammo yolg‘iz yashashidan mamnun. “Menga erkak kishi faqatgina biror narsam buzilgandagina kerak bo‘ladi”, — deydi Alisa Brunovna.
  • Freindlixning qizi Varvara Vladimirova ham aktrisa. Ona va qiz bir sahnada – “Kaliforniya syuit” spektaklida birga rol o‘ynagan.
  • Freyndlix ko‘plab mukofotlar sohibasi. U kino va teatr tomoshabinlarining turli avlodlari vakillari tomonidan tanilgan va e’tirof etilgan.
  • 2018-yilda Alisa Brunovna “Katta” filmidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun “Nika” mukofotiga sazovor bo‘ladi.
Foto: AdMe

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »