Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kumirlarimiz har tomonlama mukammal tug‘ilganga o‘xshaydi, ammo ba’zi jihatlar borki, ular haqida ko‘pchilik bilmaydi. Qaysi yulduzlar duduqlanishni yengganini va bu nuqsondan kim o‘zining professional xususiyatini yaratgani haqida ma’lumot beramiz.

Merilin Monro

Foto: Getty Images

O‘tgan asrning 50-yillaridagi yulduzi bolaligida yomon duduqlangan. 12 yoshida maktabdagi o‘qituvchisi uni spektaklda bosh rolni o‘ynashga taklif qilgan, unda ishtirok etganidan keyin bu kamchiligi deyarli yo‘qolgan.

Merilin Gollivudga kelganida, shifokor unga duduqlanishini yumshatish uchun biroz to‘xtab gapirishni maslahat beradi. Keyinchalik bu maslahat Merilinning yutug‘i bo‘ldi, ammo uning karyerasidagi so‘nggi “Nimadir bo‘lishi kerak” filmining suratga olish paytida duduqlanish sezilarli darajada kuchayadi, chunki Monro hayotining o‘sha davrida doimiy stressni boshdan kechirgan.

Bryus Uillis

Foto: Getty Images

“O‘tda yonmas” filmi yulduzi bolaligida duduqlanishi tufayli sinfdoshlari tomonidan kamsitilgan. Kichkina Bryus besh daqiqa davomida bitta jumlani talaffuz qila olmasdi, ammo aktyorlik unga bu kasallikni yengishga yordam berdi.

Entoni Xopkins

Foto: Getty Images

“Qo‘zilar sukunati” va “Gannibal” filmlari yulduzi o‘smirlik davrida nafaqat duduqlanish, balki disleksiya (o‘qish qobiliyatining buzilishi) tufayli ham tengdoshlari tomonidan masxara qilingan.

Shundan so‘ng Entoni o‘z hayotini muloqot qobiliyatlaridan foydalanishga hojat qolmaydigan ishga bag‘ishlashga qaror qiladi va rasm chizishni boshlaydi. Ammo armiyadan keyin aktyor London Dramatik san'at akademiyasiga o‘qishga kiradi, u yerda rollarni yodlash va tez-tez takrorlash amaliyoti yordamida bu nuqsonidan qutiladi.

Jo Bayden

Foto: Getty Images

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti uzoq vaqt duduqlanishdan aziyat chekkan. o‘n yoshli maktab o‘quvchisi sifatida u o‘z familiyasini talaffuz qila olmasdi va faqat “bay” deb birinchi bo‘g‘inni takrorlardi (ingliz tilida “bye-bye”), shuning uchun uning taxallusi “bay-bay”, ya’ni “xayr” edi.

Siyosatchi o‘ttiz yoshga to‘lganida ovoz chiqarib o‘qish va ko‘zgu oldida she’r yodlash yordamida bu kamchiligini yengishga muvaffaq bo‘ladi.

Juliya Roberts

Foto: Getty Images

Aktrisaning duduqlanishi meros bo‘lib o‘tgan, chunki uning akasi Erik ham bu nuqsondan aziyat chekkan. Bu kasallik Juliya va Erikni o‘z onasi tashlab ketganidan keyin paydo bo‘lgan. O‘gay onasi esa ularni logopedga olib borgan.

Logoped bolalarga imkon qadar tez-tez qo‘shiq aytishni va suhbatlashishni maslahat beradi. Intervyularida Juliya bu mavzuni eslashni yoqtirmasligini, bolaligida nutqida muammolar borligini hatto xayoliga ham keltirmaganini aytadi.

Rouen Atkinson

Foto: Getty Images

“Janob Bin” filmi yulduzi hali ham duduqlanib gapiradi. Uning fikricha, “bu kamchilik rolga juda mos keladi”, chunki unga duduqlanishni kulgili shaklga aylantirish osonroq va hech kim Atkinson bolaligidan duduqlanib yurganini xayoliga ham keltirmaydi.

Elvis Presli

Foto: Getty Images

10 yoshida onasi Elvisni shu nuqsoni tufayli cherkovdagi xorga beradi va bir necha oy o‘tgach, ruhoniy uni musiqa tanloviga yuboradi. Elvis tanlovda g‘olib bo‘ladi. Keyinchalik mashhur bo‘lib ketgan Elvis “T” va “G” harflarini talaffuz qilishda qiynalganini tan oladi.

Nikol Kidman

Foto: Getty Images

Bolaligida Kidman odamovi va uyatchan qiz bo‘lgan, shuning uchun u ko‘p muloqot qilmagan.  Qiziga yordam berish uchun Nikolning onasi uni balet maktabiga beradi. U yerda qiz nafaqat nafis raqsga tushadi, balki o‘z qahramonlarini sahnada juda ijodiy tarzda namoyish etadi.

Shunday qilib, raqs san’ati Gollivud yulduzini nafaqat odamovilikdan, balki duduqlanishdan ham qutqaradi.

Xyu Grant

Foto: Getty Images

Xyu o‘z intervyusida hayotidagi bu qiyin davrni “shunchaki o‘tkazib yuborganini”, hatto matnlarni yodlashga, qo‘shiq kuylashga va tinimsiz suhbatlashishga harakat qilmaganini aytadi.

Biroq Grantning ba’zi muxlislari uning suhbatlarida ba’zida o‘ziga xos duduqlanish sezilishini, bunday paytda u so‘zlarini yanada yumshoqroq talaffuz bilan pauza qilishini ta’kidlashadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »