Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hashamatli avtomobillar, shaxsiy samolyotlar, yaxtalar, orollar... Bank hisobvarag‘ida yuz million dollardan ortiq mablag‘ bo‘lsa, hatto eng kulgili “istaklar ro‘yxati” ham darhol haqiqatga aylanishi mumkin.

Kim Kardashyan va Ye — 750 ming dollarlik tilla unitaz

Foto: Legion Media

Kim Kardashyan Kanye Uest bilan turmush qurish arafasida Los-Anjelesning nufuzli hududidan Bel Air deb nomlangan uy sotib oladi. Versalga bo‘lgan tashrifidan ilhomlanib, sobiq turmush o‘rtoqlar binoni O‘rta Yer dengizi uslubida jihozlash uchun bir necha million dollar sarflaydi. Amerikaning TMZ tabloidiga ko‘ra, mazkur uyda bouling, ochiq va yopiq basseynlar, basketbol maydoni, kinoteatr va sport zali joylashgan. Kim va Kanye xonalarni jihozlashga pul ayashmaydi: Svarovski toshlari bilan bezatilgan muzlatkich oshxonani bezab turadi. Xabarlarga ko‘ra, er-xotin Lyudovik XIV uslubidagi oltindan yasalgan to‘rtta unitazga 750 ming dollar sarflagan. Keyinchalik bu uy asl narxidan ikki baravar qimmatga sotiladi.

Dreyk — 395 ming dollarlik ot yolidan tayyorlangan matras

Foto: Legion Media

Dizayner Ferris Rafauli boshchiligida Shvetsiyaning Hästens firmasi tomonidan Dreyk uchun maxsus matras tayyorlangan. Ushbu kompaniyaning matraslari 50-100 yil foydalanishga mo‘ljallangan va tabiiy materiallardan, jumladan, ot yolidan tayyorlanadi. 

“Yotoqxona men tun oxirida tashqi dunyodan dam olish uchun boradigan va kelgusi kundan zavq olish uchun ko‘zlarimni ochadigan joy. Yotog‘imda o‘zimni suvda suzayotgandek his qilaman”, — deydi Dreyk Architectural Digest interyer jurnaliga bergan intervyusida.

Peris Xilton — itlari uchun 325 ming dollarlik uycha

Foto: Legion Media

Peris Xilton o‘zining to‘rt oyoqli do‘stlarini yaxshi ko‘rishi bilan mashhur bo‘lib, ular bilan tez-tez omma oldida paydo bo‘ladi. Yulduz itlari uchun villasining mini-versiyasini qurib bergan. Maydoni 28 kvadrat metr bo‘lgan bu uycha Los-Anjelesdagi Xiltonlar uyining orqa hovlisida joylashgan.

“Itlarim konditsioner, isitish tizimi, dizaynerlik mebellari va qandil o‘rnatilgan ikki qavatli uyda yashaydi”, — deb yozadi yulduz ijtimoiy tarmoqlarda.

Pushti devorli, italyancha uslubdagi uyda fransuzcha balkon, basseyn va maysazor ham mavjud.

Beyonse va Jey Zi — 80 ming dollarlik Barbi

Foto: Legion Media

Beyonse va Jey Zi bir yashar qizi Barbi qo‘g‘irchog‘ini istayotganini bilgach, qizaloqning xohishini bajarishga shoshiladi. Ammo ular eng yaqin o‘yinchoqlar do‘koniga borish o‘rniga, 80 ming dollarga qo‘g‘irchoq buyurtma qilishadi. Bunday yuqori narx Barbi libosidagi 160 ta olmos, oq oltindan yasalgan taqinchoqlari bilan bog‘liq. Sovg‘a qizaloqning tug‘ilgan kunida taqdim etilgan bo‘lib, bayram kechasining narxi 200 ming dollarni tashkil etgan, bu qo‘g‘irchoqdan deyarli ikki baravar qimmat.

Ledi Gaga — sharpalarni aniqlaydigan 50 000 dollarlik detektor

Foto: Legion Media

Ledi Gaganing g‘ayrioddiy fobiyalari bor, jumladan, kichik bolalar, telefon qo‘ng‘iroqlari va arvohlardan qo‘rqish. Agar bolalar oldiga bormaslik va telefonni ko‘tarmaslikning iloji bo‘lsa, arvohlardan yashirinishning imkoni yo‘q. Kechasi tinch uxlash uchun Gaga elektromagnit maydondagi tebranishlarga javob beradigan maxsus sensor sotib olgan — xuddi “Sharpa ovchilari” filmidagi kabi. Bu qurilmadan yulduzning kvartiralari va konsert zallarida paranormal faoliyat mavjudligini tekshirishda foydalaniladi. Ushbu detektor uchun Ledi Gaga taxminan 50 ming dollar sarflagan.

Viktoriya Bekxem — 33 ming dollarlik tilla iPhone

Foto: Legion Media

Viktoriya Bekxem mavqeyiga mos keladigan telefon sotib olmoqchi bo‘lganida taniqli mobil qurilmalar dekoratori — Styuart Xyuz shu ish bilan shug‘ullangan. Qimmatbaho iPhone 4 korpusi 150 gramm 24 karatli sariq oltindan yasalgan va olmos bilan bezatilgan. Apple har yili yangi telefon modellarini chiqarishini hisobga olsak, bunday xaridni oqilona deb bo‘lmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »