Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘nggi paytlarda Sharliz Teron tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartirishni talab qiladigan rollarni rad etmoqda. “Oskar” sovrindori yaqinda bergan intervyusida bunday qarorga kelishining sababini tushuntirib berdi.

Foto: Getty Images

O‘z ishiga muhabbat tufayli Sharliz Teron tub o‘zgarishlarni talab qiladigan filmlarda murakkab rollarni o‘ynashga rozi bo‘ladi. Masalan, “Talli” (2018) filmida u jismonan charchagan uch farzandning onasiga aylanish uchun ancha semirgan.

Foto: Filmdan kadr

Ushbu roli va o‘zgarishga majbur bo‘lgan boshqa rollarining muvaffaqiyatiga qaramay, Teron bu tajribani takrorlashni xohlamaydi.

Bundan buyog‘iga hech qachon “Ha, mayli, 40 kiloga semiraman”, demayman. Men buni boshqa hech qachon qilmayman, chunki bunday vazndan osonlikcha qutulolmayapman, — deydi u. — 27 yoshimda 3 mahal ovqatlanmasam, normal vaznimga qaytardim, lekin hozir unday emas.
Foto: Filmdan kadr

Biroq yosh o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, 48 yoshli aktrisa tanasi endi ortiqcha kilogrammlarni osonlikcha yo‘q qila olmasligini tan oladi. 

43 yoshimda “Talli” filmida suratga tushdim. Bir yil davomida vazn yo‘qotishga urinib ko‘rganimdan so‘ng, shifokorga qo‘ng‘iroq qildim. U esa: “Tinchlaning, 40 dan oshgansiz. Metabolizmingiz avvalgidek emas”, deb aytdi, — deydi Teron.
Foto: Filmdan kadr

Shuningdek, aktrisa jangovar filmlarda kaskadyorlik qilish vaqt o‘tishi bilan qanchalik qiyinlashib borayotgani haqida gapirdi. 

Agar jarohat olsam, tiklanishim 20 yoshimdagidan ko‘ra ko‘proq vaqt talab qilishi meni juda xafa qiladi, — deya qo‘shimcha qiladi u. — 25 yoshimda tanam hamma narsani qabul qila olar edi. Endi 3 kun mashq qilmay, sport zaliga kelsam, mashqlardan so‘ng hamma yog‘im og‘rib, yurolmay qolaman. Ba’zan bemalol o‘tira olmayman ham. Hayot shunaqa ekan-da.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »