Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi.

Foto: Nalbion

Unga ko‘ra, Buyuk Britaniyada tajribali qassoblarga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda, ushbu davlat ish beruvchilariga taqdim etish uchun nomzodlar bazasi shakllantirilmoqda. 

Ish turi: qassobchilik (hayvon go‘shtini bo‘laklarga ajratish).

Ish haqi: yiliga taxminan 31 ming dollardan boshlanadi (brutto).

Ish muddati: 1 yildan 5 yilgacha.

Nomzodlarga talablar:

  •  ingliz tilini bilish (IELTS 6);
  •  rezyume (ingliz tilida) va fotosurat (3x4);
  •  xorijga chiqish pasport nusxasi;
  •  ish tajribasini tasdiqlash (2 daqiqali videoda bolta ishlatmagan holda taqdim etilishi kerak);
  •  tibbiy ma’lumotnoma;
  •  sudlanmaganlik.

Nomzodlar o‘z mahoratini videoda va tanlov jarayonida namoyish etishi kerak. Barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.

Ro‘yxatdan o‘tish

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »