Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Leningrad viloyatida xalqaro qidiruvga berilgan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “47news.ru” nashri xabar berdi.

Foto: “IVBG.ru”

Qayd etilishicha, erkak viloyatning Tosnen tumani “Telman” posyolkasida qo‘lga olingan. U O‘zbekistondagi “Agrobank” filiallaridan birida menejer bo‘lib ishlagan vaqtda mijozlarning bank kartalaridan pul yechib olgan. Sobiq xodim 70 million so‘m miqdorida pullarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Termiz shahrida fuqaroning bank kartasidagi mablag‘larni o‘g‘irlagan amaliyotchi talabalar qo‘lga olingandi.

Plastik kartalardan pul o‘g‘irlash holatlari

Aprel o‘rtalarida Namanganda maktab o‘quvchisi ustozining plastik kartasidan 2 million so‘m yechib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2022-yil iyulda esa Andijonda 8-sinf o‘quvchisi o‘nlab fuqarolarning pullarini qo‘lga kiritib, PUBG o‘yiniga tikib yuborgani aniqlangan edi. Iyul boshida bo‘lsa, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi bank filiali kassiri mijozlarning 41 ta bank kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »