Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden spiker Kevin Makkarti va Vakillar palatasidagi ko‘pchilik respublikachilarni Ukrainaga yordam berishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda Oq uy rahbari X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Spiker Makkarti va aksariyat respublikachilar o‘z vaʼdalarida turishlari va Ukrainaga o‘zini himoya qilish uchun zarur yordam ko‘rsatishlari kerak”, — dedi Bayden.

Foto: Reuters

AQSH prezidenti, shuningdek, “amerikaliklar mas’uliyatli davlat” ekanini ta’kidlab, kongressmenlarni “buni tasdiqlashga” chaqirdi.

Kecha Ukraina xalq deputati Yaroslav Jeleznyak AQSH Kiyevga kelgusida moliyalashtirish uchun shart qo‘yganini ma’lum qilgandi. Jeleznyakning so‘zlariga ko‘ra, AQSH moliyalashtirishni davom ettirishi uchun Ukrainada 45 kun ichida birorta ham yirik korrupsiya mojarosi bo‘lmasligi kerak. Deputat Zelenskiy va Bayden o‘rtasida Oq uyda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida AQSH rasmiylari korrupsiya mavzusiga alohida urg‘u berganini aytib o‘tdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »