Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniyada Ukrainaga berishga mo‘ljallangan qurol-yarog‘ tugadi. Bu haqda The Telegraph nashri ismi oshkor etilmagan yuqori martabali harbiy amaldorga tayanib xabar berdi.

Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, Britaniya rasmiylari Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalasida boshqa davlatlarni ko‘proq yukni o‘z zimmalariga olishga undashi kerak.

Foto: “RIA Novosti”
“Biz imkonimiz doirasida qurol yetkazib berdik. Biz Ukrainaga texnik uskunalar yetkazib berishda davom etamiz, biroq hozir ularga havo hujumidan himoya qiluvchi mudofaa tizimlari va artilleriya o‘q-dorilari kabi narsalar kerak, bizda bularning barchasi tugadi”, — deya suhbatdoshning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

Nashr taʼkidlaganidek, Buyuk Britaniya allaqachon Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tanki, M270 reaktiv tizimlari, dron va Storm Shadow qanotli raketalari, shuningdek, minglab tankka qarshi qurollar, qisqa masofali raketalar va zirhli texnikalarni topshirgan.

 2-oktabr kuni Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Ben Uolles iste’foga chiqishidan oldin mamlakat bosh vaziri Rishi Sunakni Ukrainaga harbiy yordamni qariyb 2,8 milliard dollarga oshirishga chaqirganini aytgandi.

Uollesning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning qo‘shimcha qurollari “Rossiyaga qarshi jangni imkon qadar tezroq tugatishi mumkin”.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga o‘z zaxiralaridan qurol ajratishda davom eta olmasligi haqida Politico nashri xabar bergandi. Unga ko‘ra, G‘arb davlatlari Ukrainaning qurolga bo‘lgan talabini qondirish uchun ishlab chiqarish tarmoqlarini yetarli darajada kengaytirmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »