Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Britaniya harbiy razvedkasi Rossiya hukumati “Ukrainada yana bir necha yillik harbiy harakatlarga tayyorlanayotganini” ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Britaniya Mudofaa vazirligi 2024-yilgi Rossiya budjeti loyihasi asosida tegishli xulosaga keldi. Xususan, 2024-yilda mudofaa uchun budjet xarajatlari yalpi ichki mahsulotning hozirgi 3,9 foizidan 6 foizga, ya’ni 6,4 trillion rubldan 10,8 trillion rublgacha oshishi ko‘zda tutilgan.

Katta ehtimol bilan, Rossiya mudofaa xarajatlarini 2024-yil davomida saqlab qolishi mumkin. Britaniya harbiy razvedkasining ta’kidlashicha, Rossiya mudofaa xarajatlari haqidagi to‘liq maʼlumotlar har doim maxfiy bo‘lsa-da, ochiqlangan raqamlar Rossiya yana bir necha yillik urushga tayyorlanayotganidan dalolat beradi.

  • Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi harbiy amaliyotlar 2025-yilda davom etishini aytgandi.
  • Rossiya Moliya vazirligi rahbari Anton Siluanov byudjetda mudofaa xarajatlarining ulushi oshgani va ular ustuvor ekanini tan olgan.

22-sentyabr kuni Bloomberg agentligining Rossiya byudjeti loyihasidagi urush xarajatlari haqidagi maqolasi chop etildi. Shu asosda, “Kommersant” gazetasi, boshqalar qatori, eslatma yozdi, ammo xabar tez orada “muharrirlarning qarori bilan” o‘chirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »