Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya urushni yana bir yil moliyalashtirishga qurbi yetadi. Shundan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning gullab-yashnashi va harbiy kurash o‘rtasida qiyin tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 
 
Foto: Kremlin
 

Xabarga ko‘ra, Putin 2023-yilda “milliy mudofaa” uchun 4,98 trillion rubl (52 milliard dollar) ajratuvchi qonunni imzolagan. Ammo Reuters tahlil qilgan hukumat hujjatiga ko‘ra, bu prognoz ikki barobarga — 9,7 trillion rublga (101 milliard dollar) oshirilgan. Bu Rossiyaning 2021-yilda mudofaa uchun sarflagan mablag‘idan qariyb uch barobar ko‘pdir.

Britaniya qirollik institutining Rossiya iqtisodiyoti bo‘yicha mutaxassisi Richard Konolli hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yilda Rossiyaning urushga sarflagan xarajatlari 100 milliard dollardan ancha oshadi. To‘liq miqyosli bosqindan oldin Rossiya yillik yalpi ichki mahsulotining 3-4 foizini mudofaaga sarflagan bo‘lsa, hozir bu 8 foizdan 10 foizgacha bo‘lishi mumkin.

“Dollar ekvivalentida bu summa 2023-yilga borib 300 milliard dollarga yetadi”, — deydi Germaniya xalqaro va xavfsizlik masalalari institutining katta ilmiy xodimi Yanis Klyuge.

Rossiyaning budjet taqchilligi urush boshlanganidan beri keskin oshdi, bunga qisman sanksiyalar va qolgan xaridorlar uchun yuqori chegirmalar fonida neft va gaz eksporti daromadlarining kamayishi sabab bo‘ldi.

Yanvar—iyul oylarida neft-gaz sektoridagi daromadlar 2022-yilning shu davriga nisbatan 41 foizga kam bo‘ldi. Bu hukumat ko‘proq qarz olishi kerakligini anglatadi. YIMning 14,9 foizini tashkil etuvchi davlat qarzi o‘sishi kutilmoqda.

“Biz qarzimizni oshiramiz, bu umidsiz vaziyat. Buni qilishga majbur bo‘lamiz, chunki xarajatlarimiz o‘sib bormoqda”, — dedi o‘tgan oy moliya vaziri o‘rinbosari Irina Okladnikova.
“Rossiya neft narxining sezilarli darajada pastligi bilan yashay olmaydigan holatda. Makroiqtisodiy barqarorlik neft narxining hozirgi darajada qolishiga bog‘liq”, — deydi Capital Economics vakili Liam Pich.

Karnegi Yevrosiyo markazining ilmiy xodimi Aleksandra Prokopenkoning aytishicha, Rossiya urushni yana bir yil yoki shu vaqt davomida moliyalashtira oladi, biroq u uzoqqa cho‘zilsa, hukumat “qiyin tanlovlar” qilishiga to‘g‘ri keladi.

“O‘zaro kelishuv shundan iboratki, ular soliqlarni oshirishi yoki yo‘llar qurish va ko‘priklarni saqlash kabi infratuzilma xarajatlarini kamaytirishi kerak bo‘ladi, chunki urush tobora qimmatga tushadi”, — dedi u CNN’ga.

Pich ham bu prognozga qo‘shilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda Rossiya budjet taqchilligini to‘ldirishiga to‘g‘ri keladi va iqtisodiyotning banklar va energetika kompaniyalari kabi eng daromadli tarmoqlariga soliqlarni oshirishi mumkin.

“Eng yirik rus kompaniyalari hokimiyatga borgan sari bo‘ysuna boshlaydi. Harbiy maqsadlarga sodiq qolishning narxi Rossiyaning rivojlanish istiqbollari va turmush darajasini zaiflashtirishga olib keladi”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »