Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya 2024-yilda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 6 foizini tashkil qiladi. Bu haqda Rossiya budjeti loyihasiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: AFP

Yaqinda Rossiya hukumati tomonidan muhokama qilinadigan budjet loyihasiga ko‘ra, mudofaa xarajatlari 2024-yilda 10,8 trillion rublga (112 milliard dollar) ko‘tariladi. 2023-yil u 6,4 trillion rublni (66 milliard dollar) tashkil etgan. Prognoz qilingan mudofaa budjeti 2021-yildagidan (3,6 trillion rubl — 37 milliard dollar) uch baravar ko‘p bo‘ladi.

Budjet loyihasida 2024-yilda jami xarajatlar 36,6 trillion (taxminan 382 milliard dollar) rubl miqdorida bo‘lishi kutilmoqda, bu 2023-yilga nisbatan 15 foizga ko‘pdir.

Shu bilan birga, maxfiy yoki aniqlanmagan xarajatlar 2023-yildagi 6,5 trilliondan 11,1 trillion rublgacha (68 milliarddan 115 milliard dollargacha) o‘sib bormoqda va allaqachon budjet xarajatlarining 30 foizini tashkil qilmoqda. 2024-yilda ijtimoiy siyosatga sarflanadigan xarajatlarni 6,5 dan 7,5 trillion rublgacha (78 milliard dollargacha) oshirish rejalashtirilgan.

“Rossiya harbiy budjeti dinamikasi katta moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘layotgan urush fonida hukumat ustuvorligi o‘zgarganini ko‘rsatadi. Kreml mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgani va iqtisod misli ko‘rilmagan xalqaro sanksiyalar bosimi ostida qolayotganiga qaramay, Rossiyaning mudofaa xarajatlari kelgusi yilda ijtimoiy xarajatlardan oshib ketishi kutilmoqda”, — deya ta’kidlaydi Bloomberg.

Umuman olganda, Rossiya daromad 35 trillion rubldan (364 milliard dollar) ortishi (2023-yilga nisbatan 22 foizga ko‘p), neft va gaz daromadlarining chorakka (11,5 trillion rublgacha — 119 milliard dollargacha) o‘sishini kutmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »