Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Instabloger Ozod Hurramov jurnalist Shoira Mirsodiqovaga bergan intervyusida xonanda Munisa Rizayevaning to‘y xarajatlarini kim qoplagani, kuyov soxta emasligi va shaxsiy hayotidagi eng og‘riqli nuqtalar haqida gapirib berdi.

Foto: Instagram / @liil.khurramov

— Menimcha, Munisa Rizayevaning to‘yiga bir million dollar mablag‘ sarflandi. Hamma xarajatlarni kuyovning o‘zi qopladi. Munisa Rizayeva kelin ko‘ylagi, hatto pardoz-andozi uchun ham cho‘ntagidan pul sarflagani yo‘q. Ular o‘n oy avval tanishib, bir-birini sinashgan. Arseniyni katta biznes bilan shug‘illanuvchi insonlar juda yaxshi tanishadi. U o‘ziga to‘q, badavlat inson. U ayrimlar o‘ylagandek soxta kuyov emas. Ko‘pchilik bilmasa kerak, ammo anchadan buyon Munisa Rizayevaning Instagram akkauntini jamoam bilan birga yuritamiz. To‘y kuni “Ozgina yig‘lab berolasizmi, rolik olaman”, desam “Qo‘y unaqa dema, o‘zi zo‘rg‘a o‘zimni yig‘idan tiyib turibman”, dedi. To‘y juda chiroyli va fayzli o‘tdi, — deydi instabloger.

Ozod Xurramov otasini uzoq yildan so‘ng ko‘rgani va u farzandlaridan uy talab qilgani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram / @liil.khurramov

— Ota-onam ajrashganida 7 yoshda edim. U kishi bilan bog‘liq juda kam xotiralarim bor. Undan keyin hayotimizda u insonning o‘rni butunlay yo‘qoldi. Ammo yaqinda kelib, bizdan uy talab qildi. Onam 22 yoshida uch bola bilan beva qolgan. Ba’zan “Juda yosh bo‘lgansiz, nega turmushga chiqmagansiz”, desam “Oila qurib, sizlarni ranjitib qo‘yishni istamaganman”, deydi. Onam borini faqat uch farzandi uchun sarflagan. Maktabda ham eng qimmat kiyimlarni faqatgina biz kiyardik. Onam o‘ksinib o‘sishimizni istamasdi. To‘g‘ri, hayotimiz kamtarona bo‘lishi mumkin, ammo haftada bir marta bo‘lsa ham tansiq taomlarni pishirib ko‘nglimizni ko‘tarardi. Bizni o‘qitish uchun akam ikkimizni 16 yoshli opamga tashlab, Rossiyaga ishlagani ketgan. Opam ayni o‘ynab kuladigan yoshida, ikki bolali onaga aylangan. O‘zi ham bizdek o‘ynagisi kelardi, ammo uydagi ishlar qolib ketmasligini uchun hamisha vaqtini rejalab yurardi. Eng qizig‘i, bu yoshda ko‘pchilik qizlar yomon yo‘llarga kirib qolishadi. Opam esa ota-ona nazoratisiz qolgan bo‘lsa-da, bunday yo‘llarga yurmasdi, — deydi instabloger Ozod Xurramov.

Xonanda Munisa Rizayevaning dabdabali to‘yidan reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »