Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhurlarning merosi ko‘pincha ko‘chmas mulk, aksiyalar va moliyaviy jamg‘armalarning katta portfelini o‘z ichiga oladi. Ammo ba’zi yulduzlar hayotlik chog‘ida farzandlariga meros qoldirmaslikka qaror qilishgan.

Deniel Kreyg

Foto: Shutterstock

Intervyuda Kreyg jamg‘armasining bir qismini ham bolalariga qoldirmasligini ochiqchasiga tan oladi.

“Keyingi avlodimga katta mablag‘ qoldirishni xohlamayman. Meros haqidagi g‘oyaning o‘zi menga dahshatli tuyuladi. Mening falsafam shundan iborat — puldan tezroq qutulish yoki o‘limimdan oldin uni tarqatib yuborish”, — deydi aktyor.

Gordon Ramzi

Foto: Shutterstock

Oshpaz Ramzi nafaqat taom haqida, balki undan pul ishlash usullari haqida ham ko‘p narsani biladi. To‘g‘ri, kelajakda uning avlodlari otalarining pullaridan benasib qoladi, ular faqat o‘z kuchlariga tayanishi kerak bo‘ladi.

Eshton Kutcher

Foto: Shutterstock
“Biz pulimizni xayriya va turli loyihalarga sarflashga qaror qildik. Umid qilamanki, bu harakatimiz ular uchunligini tushunishadi. Farzandlarim harakat qilinsa, hamma narsaga erishsa bo‘ladigan imtiyozli hayotda yashashmoqda, ular buni bilishmaydi ham”, — deydi aktyor.

Sting

Foto: Shutterstock

Sting o‘zi uchun allaqachon qulay keksalikni ta’minlab olgan. Ammo uning farzandlari bir xil moliyaviy yuksaklikka erishish uchun ko‘p mehnat qilishlari kerak. Zero ijodkor ularga meros sifatida faqat quvonchli xotiralarni qoldiradi.

“Men ularga ko‘p pul qoldirmasligini aytdim, chunki ularni sarf qilyapman. Mening ko‘p moliyaviy majburiyatlarim bor. Farzandlarimga dangasalikka sabab bo‘luvchi mablag‘larni qoldirmoqchi emasman. Ular ishlashi kerak. Bolalarimning hammasi bu haqda bilishadi”, — deb o‘z fikri bilan o‘rtoqlashadi xonanda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »