Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Ukraina tomoni so‘ragan hamma narsani “o‘rganib chiqqanini” aytdi. Bayden bu haqda jurnalistlarning u Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib berishni va’da qilgan-qilmagani haqidagi savolga javoban aytdi.

“Men Zelenskiy bilan gaplashdim va biz u so‘ragan hamma narsani batafsil o‘rganib chiqdik”, — dedi Bayden Oq uy matbuot xizmati tomonidan efirga uzatilgan nutqida.

Jurnalistlar bilan o‘tgan uchrashuvda Jo Bayden Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqida katta nutq so‘zlash rejasini e’lon qildi.

2022-yildan beri Ukraina rasmiylari AQSHdan 300 kilometrgacha masofaga uchuvchi ATACMS uzoq masofali raketalarini Ukraina harbiylariga topshirishni so‘ramoqda. 2023-yil sentyabrda Bayden va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Amerika OAV AQSH prezidenti Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar bilan bir qator ATACMS raketalarini yetkazib berishga qaror qilgani, biroq bu haqda ommaga e’lon qilmayotgani haqida xabar berdi. 3-oktyabr kuni AQSH armiyasi Bayden ma’qullagan zahoti ATACMS’larni Ukrainaga yuborishga tayyorligini bildirdi.

O‘tgan hafta AQSH Kongressi Ukrainaga harbiy yordam uchun sarflanadigan xarajatlarni o‘z ichiga olmaydigan vaqtinchalik budjetni qabul qildi, natijada AQSH hukumati xodimlarining ishi davom etadigan bo‘ldi. Jo Bayden va Senat a’zolari Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etishga ishontirishdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »