Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan boshlab bir oyda elektr energiyasi o‘rtacha oylik isteʼmoli uchun to‘lov miqdoriga o‘suvchan koeffitsiyent qo‘llanishi turlicha baholanmoqda. Energetika vazirligi matbuot kotibi mazkur xabarlarga tushuntirish berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

 

Qayd etilishicha, mazkur o‘suvchan koeffitsiyent aholi isteʼmolchilarining 98 foiziga mutlaqo taʼsir qilmaydi. Chunki mamlakatdagi 7 million 589 mingdan ziyod abonentning atigi 146 mingdan ortig‘i 1000 kilovatt/soatdan ko‘p elektr energiyasi yoqadi, xolos. Ularning atigi 10 ming nafarigina oyiga 5 ming kilovatt/soatdan oshiq, bor-yo‘g‘i, 4 mingdan ortiq isteʼmolchi esa oyiga 10 ming kilovatt/soatdan ziyod elektr energiyasi isteʼmol qiladi. Bu yangilikni ko‘pchilik sog‘lom aql bilan to‘g‘ri qabul qilyapti va qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tarif narxi oshayotgani yo‘q. O‘sha 295 so‘m joy-joyida turibdi. Ammo odamlarda tejamkorlik kayfiyatini kuchaytirish hamda “yashirin iqtisodiyot” unsurlariga barham berish uchun qo‘shimcha o‘suvchan koeffitsiyent qo‘llanishi nazarda tutilmoqda.

“Bunda siz bir oyda 1000 kilovatt/soatgacha elektr energiyasi sarflasangiz, 295 so‘mdan 295 ming so‘m to‘laysiz.

1001 kilovatt/soatdan 5000 kilovatt/soatgacha sarflasangiz, 1000 kilovatt/soat uchun 295 so‘mdan 295 ming, aytaylik, 4850 kilovatt/soat yoqqan bo‘lsangiz, 1001 dan 4850 gacha 590 so‘mdan 2 million 271 ming 500 so‘m+295 ming so‘m, jami 2 million 566 ming 500 so‘m to‘laysiz.

Oldin siz buning uchun jami 1 million 430 ming 750 so‘m to‘lardingiz, xolos.

Agar bir oyda 9420 kilovatt/soat ishlatsangiz-chi?

Xuddi boyagidek 1000 kilovatt/soat uchun 295 ming so‘m, 1001 kilovatt/soatdan 5000 kilovatt/soatgacha 590 so‘mdan 2 million 360 ming so‘m, 5001 kilovatt/soatdan 9420 kilovatt/soatgacha 3 million 911 ming 700 so‘m, jami 6 million 566 ming 700 so‘m to‘lov qilasiz.

O‘suvchan koeffitsiyentgacha esa bir oyda 9420 kilovatt/soat sarflagan isteʼmolchi bunga 2 million 778 ming 900 so‘m to‘lardi.

Yaʼni u bir oyda 6 million 358 ming 500 so‘m shartli subsidiya olgani holda, aholining qolgan 98 foiz qismidan ko‘ra bir necha o‘n karra ko‘proq elektr energiyasini isteʼmol qilardi.

1-noyabrdan keyin bunga chek qo‘yiladi.

Xuddi shu o‘suvchan tarif 10 ming kilovatt/soatdan ziyod tok ishlatadiganlarga ham qo‘llanmoqda. Endi kimda-kim bundan ko‘p svet yoqsa, u uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanadi.

Yaʼni, siz bir oyda 12 ming 400 kilovatt/soat sarflasangiz (aql bovar qilmaydi, ammo hozir ham xuddi shu miqdorda elektr energiyasi yoqadiganlar bor), unga quyidagicha to‘lov qilasiz.

1000 kilovatt/soatgacha – 295 so‘mdan – 295 ming so‘m.

1001 kilovatt/soatdan 5000 kilovatt/soatgacha – 590 so‘mdan – 2 million 360 ming so‘m.

5001 kilovatt/soatdan 10 ming kilovatt/soatgacha – 885 so‘mdan – 4 million 425 ming so‘m.

10 ming kilovatt/soatdan 12 ming 400 kilovatt/soatgacha – 1180 so‘mdan – 2 million 832 ming so‘m.

Jami: 9 million 912 ming so‘m.

1-noyabrgacha esa xuddi shuncha miqdorda elektr energiyasi isteʼmol qilgan abonent 3 million 658 ming so‘m to‘lardi, xolos. Shu bilan birga, u davlatdan 8 million 370 ming so‘m shartli subsidiya ham olardi.

Xullas, bu o‘suvchan koeffitsiyentlar adolatli hamda energiya tejamkor va energiya samarador yechim bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »