Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jeki Chan nafaqat jang san’ati ustasi va hayajonli tryuklar ijrochisi, balki iste’dodli komediyachi bo‘lib, turli janrdagi filmlarda o‘ynagan. Jeki Chan kinodagi karyerasini o‘tgan asrning 60-yillarida boshlagan va shu kungacha filmlarda o‘ynashda davom etmoqda.

“Kichkina ajdarho” filmi

Foto: Filmdan kadr
  • Asl nomi: The Karate Kid
  • Yil: 2010-yil
  • Davomiyligi: 140 min.88
  • Rejissor: Garold Zvart
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Jeyden Smit, Taraji P. Xenson
  • IMDb reytingi: 10 balldan 6,2
  • Kinopoisk reytingi: 10 dan 7,1

Yosh Drey Parker (Jeyden Smit) va uning onasi Amerikadan Xitoyga ko‘chib keladi. Yangi maktabida bolakayni mahalliy bezorilar qo‘rqitishadi. O‘zini himoya qilish uchun Drey sharq yakkakurashi turnirida qatnashishga qaror qiladi. Bolani tajribali usta Xan (Jeki Chan) o‘qitadi.

“Mo‘jiza”

Foto: Filmdan kadr
  • Miracles: The Canton Godfather
  • 1989-yil
  • 122 min.
  • Rejissor: Jeki Chan
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Anita Mui, Gua A-Le
  • IMDb: 6.9
  • Kinopoisk: 7.7

Gonkongga kelgan Charli (Jeki Chan) gangsterlar klanining rahbari bo‘lishini xayoliga ham keltirmagandi. U tasodifan to‘dalar janjalining markazida tushib qoladi. Charli yaralanagn mafiya rahbarini qutqarishga harakat qiladi, lekin u vafot etadi. Biroq o‘limidan oldin u Charlini o‘zining vorisi etib tayinlashga ulguradi.

“Yashirin zarba”

Foto: Filmdan kadr
  • Rumble in the Bronx
  • 1995-yil
  • 104 min.
  • Rejissor: Stenli Tun
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Anita Mui, Fransua Yip
  • IMDb: 6.7
  • Kinopoisk: 7.7

Gonkong politsiyachisi Kyun (Jeki Chan) amakisining to‘yida qatnashish uchun AQSHga uchib keladi. Jinoyatlar avj olgan Bronksda supermarket egasi Elina (Anita Mui) bilan tanishib qoladi. Jinoiy to‘da uning biznesini tortib olmoqchi. Kyunning ular bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi.

“Men kimman?”

Foto: Filmdan kadr
  • Who I am?
  • 1998-yil
  • 118 min.
  • Rejissor: Benni Chan, Jeki Chan
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Mishel Ferret, Mirai Yamamoto
  • IMDb: 6.8
  • Kinopoisk: 7.7

Samolyot halokatidan omon qolgan va xotirasini yo‘qotgan maxsus kuchlar guruhi a’zosi o‘zining kimligini va qanday vazifani bajarganini bilishga harakat qiladi.

Filmda Jeki karkidon minadigan sahna bo‘lishi kerak edi. Bu epizod rostan ham suratga olingan, biroq operator xatosi tufayli kadr buzilgan. Aktyorning jarohati tufayli sahnani qayta suratga olishning iloji bo‘lmagan.

“Tig‘iz vaqt”

Foto: Filmdan kadr
  • Rush Hour
  • 1998-yil
  • 98 min.
  • Rejissor: Brett Ratner
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Kris Taker, Elizabet Penya
  • IMDb: 7.0
  • Kinopoisk: 7.7

Gonkonglik inspektor Li (Jeki Chan) Xitoy konsulining o‘g‘irlangan qizini ozod qilish uchun Amerikaga keladi. Bu qiyin ishda unga mahmadona politsiyachi Karter (Kris Taker) yordam beradi.

“Politsiya hangomalari”

Foto: Filmdan kadr
  • Police Story
  • 1985-yil
  • 106 min.
  • Rejissor: Jeki Chan, Chen Chi Xva
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Bridjit Lin, Meggi Cheung
  • IMDb: 7.5
  • Kinopoisk: 7.8

Oddiy politsiyachi Kevin (Jeki Chan) mafiya boshlig‘ining kotibasi (Brijit Lin)ni himoya qila olmaydi — u sirli ravishda g‘oyib bo‘ladi. Uni mafiya bilan til biriktirganlikda ayblanmasliklari uchun u qizni topishi kerak.

“Sarhush usta”

Foto: Filmdan kadr
  • Drunken Master
  • 1978-yil
  • 111 min.
  • Rejissor: Yuen Vu-Ping
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Yuan Syaotyan, Xvan Jan-Li
  • IMDb: 7.4
  • Kinopoisk: 7.8

Doim ichib yuradigan keksa kung-fu ustasining jasur yigitni jang san’atiga o‘rgatish haqidagi afsonaviy film.

Filmdagi Jeki Channing qahramoni — Xuan Feyxon Xitoy tarixidagi haqiqiy shaxs va hungar deb ataladigan eng mashhur ushu uslublaridan birining asoschisi. 13 yoshida Feyxon zo‘r jangchi hisoblangan va Sinxay inqilobi paytida armiyaga qo‘shilganida, u butun Xitoy bo‘ylab XX asrning Robin Gudi sifatida mashhur bo‘lgan.

“Ko‘chma gazakxona”

Foto: Filmdan kadr
  • Wheels on Meals
  • 1984 yil
  • 113 min.
  • Rejissor: Sammo Hung
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Yuen Byao, Sammo Xong
  • IMDb: 7.0
  • Kinopoisk: 7.8

Amakivachchalar Tomas (Jeki Chan) va Devid (Yuen Biao) Barselonada yuk mashinasida kafe ochadilar. Yemakxona mahalliy jinoiy to‘da ularag qiziqib qolmaguncha yaxshi ishlaydi.

Bu kikboksing bo‘yicha ko‘p karra chempion Benni Urkides Jekining asosiy raqiblaridan biri rolini o‘ynagan birinchi filmdir. Suratga olish paytida u haqiqiy zarba beradi, bu final jangini sahnalashtirish jarayonini sezilarli darajada murakkablashtiradi. Biroq bunday tajribaning natijasi kino tarixidagi eng yaxshi janglardan biri bo‘ldi.

“Mo‘jizaviy aslahalar”

Foto: Filmdan kadr
  • Armour of God
  • 1986-yil
  • 88 min.
  • Rejissor: Jeki Chan, Erik Tsang
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Alan Tam, Lola Forner
  • IMDb: 6.9
  • Kinopoisk: 7.9

Osiyo kalxati (Jeki Chan) laqabli qahramon Afrikada sirli qadimiy qilich topadi. Ma‘lum bo‘lishicha, qilich Xudoning afsonaviy qurollarining faqat bir qismidir. Agar sirli qurol yo‘q qilinsa, Yerda yovuzlik hukm suradi.

“Xudoning zirhi” — bu Jeki Chan ishtirokidagi navbatdagi jangovar film emas, balki fantaziya elementlarini o‘z ichiga olgan film. Qadimgi artefaktlar sabab film Indiana Jons sarguzashtlariga o‘xshab qolgan.

“Kung-fu tulpor”

Foto: Filmdan kadr
  • Ride On
  • 2023 yil
  • 126 min.
  • Rejissor: Larri Yang
  • Aktyorlar: Jeki Chan, Lyu Xaoqun, Guo Qilin
  • IMDb: 6.3
  • Kinopoya: 8

Jang san’ati ustasi Lao Lu (Jeki Chan) sevimli otiga g‘amxo‘rlik qilib, tinch hayot kechiradi. Lu bir paytlar eng qiyin va xavfli tryuklarni ijro etgan kaskadyor bo‘lgan, biroq so‘nggi yillarda uning jismoniy faolligi pasaygan. Og‘ir jarohati tufayli kinoni tark etishga majbur bo‘lganidan keyin qarzga botib qolgan va onasining o‘limidan so‘ng undan ranjigan qizi Syao Bao (Liu Xaotsun) u bilan gaplashmay qo‘ygan. Luning yagona quvonchi – Olov laqabli sevimli oti. Ular birgalikda sayyohlar bilan suratga tushib, tirikchilik uchun pul topishadi. Ammo bir muammo bor: kollektorlar otni olib ketmoqchi. Shu sababli Lu g‘ururini bir chetga surib, huquq fakultetida tahsil olayotgan qizidan yordam so‘rashi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »