Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bu mashhurlar o‘qishni yoki oila qurishni xohlamaydi — ularning orzusi karyera va yuqori daromad edi. Ular imtihon va kollejga kirish tashvishlarini ortga tashlab, bolalikdanoq sevimli ishi bilan shug‘ullanishni boshlagan.

The Weeknd

Foto: Europe Plus

Weeknd oilasi Torontoning notinch hududi bo‘lgan Skarboroda yashagan. 11 yoshida yomon odatlarga o‘ralashib qolgani ham shundan — 17 yoshida esa ularsiz hayotini tasavvur qila olmasdi. Ammo keyinchalik maktabni tashlab, ikki do‘sti bilan bir xonali eski kvartirani ijaraga oladi va ijod bilan jiddiy shug‘ullanadi. The Weeknd qora o‘tmishining faqat bitta narsasi hozirgacha o‘z bilan birga — musiqa.

Leonardo Di Kaprio

Foto: Europe Plus

Dastlab Di Kaprio aktyorlik karyerasini orzu qilmagan — uning maqsadi mikrobiolog bo‘lish edi. Biroq akasi reklama roliklarida rol o‘ynash orqali o‘n ming dollar ishlab topganini ko‘rib, Leo o‘zini filmlarda sinab ko‘rishga qaror qiladi. Yosh Di Kaprio kastinglar paytida doimo maktabdan qochadi, keyinchalik esa o‘qishni butunlay tashlab ketadi.

Deniel Redkliff

Foto: Europe Plus

Eng mashhur aktyor faqat Xogvartsdagina o‘qishdan zavq oladi. Ammo Deniel Redkliffning haqiqiy maktab bilan munosabatlari yaxshi emasdi. Disleksiya — matnni o‘qish va eslab qolish qiyinligi bilan tavsiflangan kasallik qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday kasallik bilan darslardan zavqlanish mumkinmi?

Rianna

Foto: Europe Plus

Riannaning bolaligi ham tashvishsiz o‘tmagan. Sinfdoshlarining xo‘rlashi, qashshoqlik, otasining alkogolli ichimliklarga bo‘lgan qaramligi ... Rianna najotni faqat musiqadan topadi. Asta-sekin uning sevimli mashg‘uloti ishga aylanadi — yulduz Def Jam Recordings bilan shartnoma imzolaydi va Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tadi.

“Maktabda meni doim masxara qilishardi. Ular nima sababdan bunday qilishganini tushunmayapman. Terimning rangi uchunmi? Men o‘zimni qurbondek his qilmayman — bundan minnatdorman. Menimcha, bu tajriba meni musiqa sohasida ishlashga tayyorlash uchun Xudo tomonidan yuborilgan”, — deb eslaydi qo‘shiqchi.

Rayan Gosling

Foto: Europe Plus

Deyarli har bir bola bir marta bo‘lsa ham sevimli multfilmlarida bo‘lishni orzu qilgan. Rayan Goslingga bu nasib qiladi: 90-yillarning o‘rtalarida u “Mikki Maus klubi” shousida rol o‘ynay boshlaydi. Bunday muvaffaqiyatdan keyin u zerikarli darslarga qaytishni xohlamaydi. Maktabga kelganida ham hammani o‘ziga qaratib, haqiqiy shou ko‘rsatardi.

Keti Perri

Foto: Europe Plus

Keti Perrining o‘ta dindor va qattiqqo‘l ota-onasi hatto u qanday kitob o‘qishini ham nazorat qilgan. Masalan, ular sehrgarlik haqida bo‘lgani uchun ham “Garri Potter”ni o‘qishni taqiqlashadi. Biroq 15 yoshli Perri o‘qishni tashlab ijod qilishga qaror qilganida, uni hech kim to‘xtata olmaydi.

“Ammo o‘qishdan voz kechganimdan, hatto o‘rta maktabni ham tugatmaganimdan juda afsusdaman. O‘sha paytda bunday qilmaganimda, hozir o‘qishimga to‘g‘ri kelmasdi”, — deydi san’atkor savodsizligidan xafa bo‘lib.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »