Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Film yaratish jarayoni oson ish emas. Xuddi shu narsa eng daromadli film franshizalaridan biri — “Garri Potter”ga ham tegishli.

Minerva Makgonagall — 28 daqiqa 45 soniya

Foto: Filmdan kadr

Ekranda o‘tkazgan vaqt miqdori bo‘yicha reytingda 10-o‘rinda qattiqqo‘l va adolatli o‘qituvchi Minerva Makgonagall joylashgan. Garri uzoq kutilgan sehrgar bo‘lishiga qaramay, unga alohida munosabatda bo‘lmaydi: u ham boshqalar kabi jazo oladi. Qimmatbaho supurgi sovg‘a sifatida nafaqat navbatdagi jasorati uchun, balki u Xogvartsdagi eng qobiliyatli o‘yinchi bo‘lganligi uchun ham beriladi.

Jinni Uizli — 30 daqiqa 15 soniya

Foto: Filmdan kadr

Jinni Uizli Minerva Makgonagalldan bor-yo‘g‘i bir yarim daqiqa oldinda. Ko‘plab muxlislar Jinni ekrandagi obrazidan mamnun emas. Ularning fikricha, unga nisbatan Garrining sevgisi kutilmaganda paydo bo‘lgan, oldin uyatchan qarashlardan boshqa hech narsa bo‘lmagan.

Bundan tashqari, Jinni filmda Joan Rouling kitoblarida tasvirlaganidek, lider sifatida emas, balki yumshoq tabiatli qiz qilib ko‘rsatilgan.

Drako Malfoy — 31 daqiqa 45 soniya

Foto: Filmdan kadr

Drako Malfoy kinodagi eng yaxshi antiqahramonlardan biri. Qaysidir maʼnoda uni “Taxtlar o‘yini” filmidagi Joffri bilan solishtirish mumkin. Ammo Drako Malfoy bolaligidan oilasini himoya qilishni xohlaydigan va buning uchun dahshatli ishlarni qiladigan yigit sifatida tasvirlanadi. Biroq u har safar eng oxirida to‘xtaydi, chunki u noto‘g‘ri ish qilayotganini tushunadi.

Voldemort — 37 daqiqa 15 soniya

Foto: Filmdan kadr

Voldemort Garri Potterning yovuz kuchlar bilan to‘qnashuvidan ko‘ra uning voyaga yetganiga ko‘proq e’tibor qaratiladigan “Azkaban mahbusi”dan tashqari barcha filmlarda namoyon bo‘ladi. Qolgan filmlarda Voldemortni besh xil aktyor ijro etgan: Frank Dillandan tortib Ralf Faynsgacha.

E’tiborlisi, “Tilsim shahzoda”da yosh Tom Riddl rolini Ralf Faynsning jiyani Xiro Fayns Tiffin ijro etgan.

Severus Sneyp — 43 daqiqa 15 soniya

Foto: Filmdan kadr

Agar Drako Malfoyni eng yaxshi antiqahramonlardan biri deb atash mumkin bo‘lsa, unda Severus Sneyp, ehtimol, Jeym Lannister, Loki va boshqalar bilan bir qatorda turadi. Bu faqat Joan Roulingning xizmati emas, chunki ko‘pchilik Alan Rikmanning beqiyos ijrosini va betakror obrazini e’tirof etadi.

Rubeus Hagrid — 45 daqiqa 45 soniya

Foto: Filmdan kadr

Eng ko‘p ko‘ringan beshta qahramondan biri — Rubeus Hagrid. U boshidan oxirigacha Garri Potter bilan birga bo‘ladi. Rubeus uni Sirius Blekning mototsiklida xolasi va amakisining oldiga olib keladi, “Ajal tuhfalari”ning ikkinchi qismida esa uning jasadini Xogvartsga olib keladi. To‘g‘ri, bir necha daqiqadan so‘ng hamma tananing jonsiz emasligini payqaydi.

Robbi Koltreyn har doim Xagrid rolini faoliyatidagi eng yaxshilaridan biri deb hisoblagan. “Hikmatlar toshi”dan oldin u asosan yomon odamlarni o‘ynagan, ammo bu safar unga mehribon bahaybat odam obrazi ishonib topshirilgan.

Albus Dambldor — 77 daqiqa 15 soniya

Foto: Filmdan kadr

Dastlabki ikkita filmda Albus Dambldor rolini Richard Xarris ijro etgan. Qizig‘i shundaki, dastlab u bu rolni o‘ynashni xohlamaydi, lekin nabirasi agar shu rolni o‘ynamasa, u bilan gaplashmasligini aytadi. “Maxfiy hujra” filmining suratga olish ishlarigandan so‘ng, Richard qattiq kasal bo‘lib qoladi, shunday bo‘lsa-da “Azkaban mahbusi” filmida o‘ynashiga umid qiladi. U rejissordan o‘rniga boshqa aktyor qidirmaslikni so‘raydi, afsuski Xarris ikkinchi film premyerasi oldidan vafot etadi.

Uning o‘rniga Maykl Gambon tasdiqlanadi, uni Dambldor muxlislari unchalik yoqtirishmaydi. Hammasi birinchi ikkita filmdagi Albusdan juda farq qiladigan ko‘rinishdan boshlanadi. Va bularning barchasi qahramonning fe’l-atvori bilan yakunlanadi, u ko‘p kadrlarda kitoblardagidan boshqacha ifodalangan.

Ma’lum bo‘lishicha, sabab oddiy edi: Maykl Gambon “Garri Potter” kitoblarini o‘qishdan bosh tortgan, chunki u ssenariy unga kerakli barcha ma’lumotlarni berishi mumkinligiga ishongan.

Germiona Grenjer — 205 daqiqa

Foto: Filmdan kadr

Ekranda uch soatdan ko‘proq vaqt Emma Uotson o‘ynagan Germionaga ketadi. Dastlab aktrisa u va uning qahramoni o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q deb hisoblaydi, lekin tez orada u va muxlislar buning aksiga ishonch hosil qilishadi. Uotson ta’lim olish uchun franshizani tark etmoqchi bo‘lganida film ijodkorlari uni olib qolishga muvaffaq bo‘lishadi.

Ron Uizli — 211 daqiqa 45 soniya

Foto: Filmdan kadr

Germiona Rondan atigi 6 daqiqa 45 soniya ortda qolgan. Emma singari Rupert Grint ham filmdagi qahramonining aniq nusxasi. Rejissorlardan biri yosh aktyorlar bilan uchrashganda ularga o‘z personajlari mavzusida insho yozishlarini so‘raydi. Emma ko‘p sahifali matn yaratadi, Deniel bir varaq insho yozadi, Rupert esa hech narsa yozmay keladi. U buni Ron ham insho yozishni xohlamasligi bilan izohlaydi.

Garri Potter — 539 daqiqa 15 soniya

Foto: Filmdan kadr

Dastlabki ikki film rejissori Kris Kolambus uzoq vaqt davomida Garri Potter rolini ijro etish uchun aktyor qidirayotgan edi. U juda ko‘p nomzodlarni ko‘rib chiqadi. Meggi Smit va Deniel Radkliff o‘ynagan ikki qismli “Devid Kopperfild” filmini tasodifan tomosha qilgandan keyin aniq qarorga keladi. Shundan so‘ng Redkliffning ota-onasidan ruxsat olishga ancha vaqt ketadi. Ular o‘g‘lini uzoq vaqt davom etadigan franshizada o‘ynashini xohlashmaydi, chunki ayni paytda farzandi uchun ta’lim olish muhim, deb hisoblashadi. Ular turli imtiyozlar, jumladan, suratga olish ishlari Amerikadan Buyuk Britaniyaga ko‘chirilgandan keyingina kelishib olishadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »