Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Junayd Xon — taniqli hind aktyori Amir Xon va uning birinchi rafiqasi Rina Dattaning o‘g‘li. Otasi ikkinchi nikohi — Kiran Raoga uylangach, Ira ismli singlisi va Azad Rao Xon ismli ukasi dunyoga kelgan.

Foto: Bollywoodtime

Amir birinchi xotiniga juda erta uylanadi. O‘sha paytda uning kino karyerasi endigina boshlangan edi va bu nikoh uzoq vaqt davomida ommadan yashirilgan. Ko‘p o‘tmay Rina va Amir ikki farzandning ota-onasi bo‘lishadi: o‘g‘li Junayd va qizi Ayra.

Amir Xon va Rina Datta
Foto: Bollywoodtime

Bolalar suratga olish maydonchasidan tashqarida katta bo‘lishgan, chunki onalari ommaviy axborot vositalarining e’tiborini yoqtirmagan. Hatto Amirning sodiq muxlislari ham uning farzandlari necha yoshda va qachon tug‘ilganini bilishmasdi.

Junayd Xon va Ayra Xon
Foto: Bollywoodtime

Junayd 1993-yil 2-iyun kuni tug‘ilgani yaqinda ma’lum bo‘ldi. Yigit Bollivudda debyut qildi, shuning uchun u o‘z tarjimayi holiga oid ba’zi faktlarni ommaga oshkor etishga qaror qildi.

Junayd Xon otasi va Kiran Rao bilan
Foto: Bollywoodtime

Mashhur ota-onalarning farzandlari haqida yozilganda “Nega yulduzlarning bolalari kino sanoatiga kirishadi? Ular uchun boshqa kasb yo‘qmi?” deyishadi. Ammo gap shundaki, bu bolalarning aksariyati ota-onalarining kompaniya va studiyalarini meros qilib olishadi.

Foto: Bollywoodtime

Hindistonning eng boy odami Ambanining bolalari ham biznes ta’limini olib, oilaviy biznesga qo‘shilishdi. Agar ular otalarining ishini davom ettirmasalar, bu ahmoqlik bo‘lardi. Xo‘sh, nega aktyorlarning farzandlari ota merosini davom ettira olmaydi?

Foto: Bollywoodtime

Junayd Xon Mumbaydagi Xalqaro maktab va Savdo-iqtisod kollejini tamomlagan. Shundan so‘ng u Los-Anjelesdagi Amerika dramatik san’at akademiyasida o‘qib keldi.

Foto: Bollywoodtime

Hindistonga qaytib, u otasining bir nechta filmlarida birgalikda ishlaydi va “PK” filmida rejissor Rajkumar Xiraniga yordamchilik qildi.

Foto: Bollywoodtime

O‘tgan yili Amir Xon intervyularidan birida o‘g‘li Junaydning “Laal Singx Chaddha” (2022) filmida bosh rolni o‘ynashini juda xohlayotganini aytdi, biroq prodyuser Aditya Chopra va ssenariy muallifi Atul Kulkarni bunga qarshi chiqdi.

Foto: Bollywoodtime

Ularning fikricha, “Forrest Gamp”ning hindcha remeykida yulduz aktyor o‘ynashi kerak. Yangi aktyor bu rolni uddalay olmasdi, shuning uchun ular Amirning o‘zi personajni o‘ynashini talab qilishdi.

Foto: Bollywoodtime

Junayd bu paytda uchta yangi loyihani imzoladi. Ulardan asosiysi — Sharvari va Shalini Pandey bilan birgalikda suratga olingan “Maharaj” filmi. “Maharaj” YRF va Netflix o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning boshlanishini anglatadi

Foto: Bollywoodtime

Yana bir loyiha — Shridevining qizi Kxushi Kapurning sevgilisi rolida tamil tilidagi “Bugungi sevgi” filmining hindcha remeykida o‘ynadi. Yana bir loyiha esa hozircha nomlanmagan, ammo unda Sai Pallavi bilan juftlik rolini o‘ynaydi.

Foto: Bollywoodtime

Ijtimoiy tarmoqlarda Junayd Xon debyut qilish uchun juda qari va umuman yoshidan kattaroq ko‘rinadi degan fikr tez-tez uchrab turadi. Aytgancha, u hali uylanmagan, lekin u bilan bir kollejda o‘qigan Sonam Varma ismli qiz bilan uchrashib yuradi.​

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »