Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali 2022-yilning kuzidan boshlab ekranlarda namoyish etildi. Quyida ko‘plab tomoshabinlarni ekran qarshisiga mixlab qo‘ygan serial aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida ma’lumot beramiz.

Foto: “Yandeks Dzen”

Mert Ramazon Demir

28 yoshli Mert Ramazon Demir loyihada nufuzli biznesmenning o‘g‘li Ferit rolini o‘ynaydi. Yigit tartibsiz turmush tarzini olib borishga odatlangan va oilaviy ishlar bilan shug‘ullanmoqchi emas. Navbatdagi shov-shuvdan so‘ng bobosining sabr kosasi to‘ladi. Jazo sifatida Ferit munosib oiladan bo‘lgan qizga uylanishi kerak.

Foto: “Yandeks Dzen”

Qahramoni Ferit singari aktyor ham jiddiy munosabatlarga intilmaydi. Intervyularning birida Mert sevgiga ishonmasligini, shuning uchun qizlar bilan uchrashib yursa-da, ularga katta va’dalar bermasligini aytadi. Biroq so‘nggi paytlarda u serialdagi hamkasbi Afra Sarachog‘lu bilan birga tez-tez paydo bo‘lmoqda. Yoz boshida juftlikning birgalikdagi ta’til paytida olingan fotosuratlari internetda paydo bo‘ldi. “Qo‘rg‘on sirlari” yulduzlari mish-mishlarga izoh bermaslikni afzal ko‘radi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Muxlislar Afra va Mertning ekrandagi romantikasi haqiqiy hayotga ko‘chishiga umid qilishdi. Skeptik muxlislarning fikriga ko‘ra, shu tarzda aktyorlar shov-shuvli filmning ikkinchi mavsumiga qiziqish uyg‘otmoqda. Juftlik munosabatlar haqida izoh bermasa ham bir necha hafta oldin Demir Sarachog‘liga xiyonat qilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Taxminlarga ko‘ra, aktyor xatosini tushungan holda partnyoriga qimmatbaho taqinchoq sovg‘a qilib, undan kechirim so‘ragan, ammo mag‘rur Afra sovg‘ani rad etgan. Ekrandagi Ferit o‘z Seyranining mehrini qaytara oladimi yoki yo‘qmi, bu ham hozircha noma’lum.

Afra Sarachog‘li

25 yoshli Afra Sarachog‘li o‘z faoliyatini model sifatida boshlagan, keyinchalik omadini kinoda sinab ko‘rishga qaror qilgan. U “Fazilat xonim va qizlari” serialidagi roli bilan mashhur bo‘ldi. Seyran rolidan keyin esa shon-shuhratga ko‘mildi. Shu bilan birga, u shaxsiy hayoti uchun vaqt topadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Muxlislar Sarachog‘lining hayotini qiziqish bilan kuzatib boradi. Mish-mishlarga ko‘ra, u “Fazilat xonim va qizlari” loyihasidagi hamkasblari Alp Navro‘z va Chag‘lar Ertug‘rul, shuningdek, prodyuser O‘zjan Deniz bilan munosabatda bo‘lgan. O‘shanda aktrisa bu taxminlarga izoh bermagan. Ammo 2018-yilda Afra Mert Yazichio‘g‘lu bilan munosabatda bo‘lganini tan oldi. Juftlik to‘rt yil davomida muxlislarni romantik fotosuratlar bilan xursand qilishdi. Ammo to‘satdan Afra yigiti bilan tushgan barcha suratlarni o‘chirib tashladi va u bilan ajrashganini e’lon qildi. Mert ham shunday qildi.

Afra Sarachog‘lu sobiq sevgilisi Mert Yazichio‘g‘lu bilan
Foto: “Yandeks Dzen”

Sarachog‘lu shaxsiy hayotidagi bunday keskin o‘zgarishlar haqida izoh bermadi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu davrda “Qo‘rg‘on sirlari”dagi hamkasbi bilan ishqiy munosabatlar boshlangan. Aktrisa Mert Ramazon Demir bilan faqat do‘stona munosabatda ekanini ta’kidlaydi, ammo paparatssilar aktyorlarni romantik muhitda suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ekrandagi munosabatlar haqiqiy munosabatlarga aylangan bo‘lishi mumkin.

Emre Altug‘

Feritning otasi rolini 53 yoshli Emre Altug‘ ijro etgan. Aktyor shaxsiy hayoti haqida gapirmaydi, karyerasi bilan bandligini ta’kidlaydi. Ma’lumki, u model va “Miss Turkiya” go‘zallik tanlovi g‘olibi Chag‘la Shikel bilan oila qurgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Emre Chag‘le bilan to‘rt yil uchrashib, shundan keyingina his-tuyg‘ulari haqida qaror qabul qilib, unga turmush qurishni taklif qiladi. 2008-yilning yozida ular turmush qurishadi. Bir yil o‘tgach, rafiqasi birinchi farzandini dunyoga keltiradi. Unga Huseyin Guney ismini berishadi, uch yildan keyin esa Uzay Tunjer dunyoga keladi. Ammo 2015-yilda mashhurlar ajrashishadi. Emre va Chag‘le darhol ularning ajralishlarining xiyonat sabab emasligini e’lon qilishadi, ammo ular ajralish sababini ma’lum qilishmaydi.

Emre Altug‘ o‘g‘illari bilan yaxshi ekanini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, sobiq turmush o‘rtoqlar iliq munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi, shuning uchun ular ba’zan birga sayohatlarga borishadi. Aktyorning ta’kidlashicha, uning hayotidagi asosiy narsa — bu bolalar, shuning uchun u ushbu mavzuda fikrlari bilan o‘rtoqlashadigan sobiq rafiqasi bilan muloqot qilishda davom etmoqda. 

“Bolalarimning onasi haqida qanday qilib yomon gap aytaman. Chag‘le juda yaxshi inson va yaxshi ona. Biz ajrashdik, lekin umrim oxirigacha u qalbimda qoladi”, — dedi aktyor shaxsiy blogida.
Emre Altug‘ sobiq rafiqasi va o‘g‘illari bilan
Foto: “Yandeks Dzen”

Muxlislar er-xotinning yarashishiga umid qilishgan, ammo bahorda Emre “Qo‘rg‘on sirlari” serialida rafiqasi rolini o‘ynagan hamkasbi 43 yoshli Gezde Kansu bilan ishqiy munosabatlarni boshlagani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Biroq aktrisa bu taxminni tezda rad etdi. Uning ta’kidlashicha, yangi romantika haqidagi xabar uni hayratda qoldirdi, lekin u faqat Altug‘ bilan ish yuzasidangina gaplashadi.

Gezde Kansu

Gezde Kansu serialda bosh qahramon — har qanday nizolardan qochishga harakat qiladigan, lekin ayni paytda oila hayotida bevosita ishtirok etuvchi sokin va xotirjam Feritning onasi Gulgun rolini o‘ynaydi. 43 yoshli aktrisaning o‘zi hali turmushga chiqmagan va farzand ko‘rmagan. Uning ta’kidlashicha, oilasidagi ayollar ko‘pincha kech oila qurishadi, shuning uchun u bu haqda tashvishlanmaydi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Biroq Kansu bir necha yil davomida stilist Engin Tozak bilan uchrashadi. Ammo bu munosabatlar nikohgacha bormaydi. Biroz vaqt o‘tgach, yaqin do‘sti Gezdeni musiqachi Gyuntach O‘zdemir bilan tanishtiradi. Bu munosabatlar ham uzoq davom etmaydi.

Foto: “Yandeks Dzen”

2023-yilning bahorida muxlislar uning Emre bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishqiy munosabatini muhokama qilishganda Gezde Kansuning shaxsiy hayoti yana diqqat markazida bo‘ldi. Bunga javoban “Yo‘q, biz oshiq emasmiz, Emre mening do‘stim, men uni juda yaxshi ko‘raman”, deb munosabat bildiradi aktrisa.

Gulchin Santirjiog‘lu

46 yoshli Gulchin Santirjio‘g‘lu uzoq vaqtdan beri turk kinosining eng sirli aktrisalaridan biri bo‘lib kelgan. “Qo‘rg‘on sirlari” yulduzi qattiqqo‘l oilada tarbiyalangan, shuning uchun u shaxsiy narsalar haqida ochiq gapirishga odatlanmagan. Yaqinda u muhandis va yozuvchi Ibrohim Utku Bashyaziji bilan turmush qurganini tan oldi. Er-xotin tok-shouda oilaviy hayotlarining tafsilotlari bilan bo‘lishdi.

Gulchin Santirjio‘g‘li eri bilan shouda
Foto: “Yandeks Dzen”

Gulchinning so‘zlariga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i bilan birga baxtli bo‘lgani uchun farzand ko‘rmaslikka qaror qilgan. Aktrisa bunda yomon narsa ko‘rmayapti, ammo muxlislar uning so‘zlarini salbiy qabul qilishdi. Santirjio‘g‘lining ta’kidlashicha, u va Ibrohim shaxsiy hayotlarini o‘zlari xohlagan tarzda tartibga solish huquqiga ega.

Gulchin ishi bilan band va tez-tez xizmat safarlariga boradi. Aktrisa hatto zerikishga ham vaqti yo‘qligini aytadi.

Beril Pozam

28 yoshli Beril Pozam loyihada bosh qahramonning opasi rolini o‘ynaydi. Aktrisa shaxsiy hayotini ehtiyotkorlik bilan yashiradi. Uning oshiqlari talaygina, da’vogarlar ro‘yxatidan bir qancha hamkasblari, jumladan “Yurak urishi” va “Mening ismim Gultepe” seriallarida suratga tushgan Arda Koray O‘zmen ham borligi ma’lum.

Foto: “Yandeks Dzen”

Berilning ta’kidlashicha, u hali jiddiy munosabatlarga tayyor emas. Hozircha karyerasini rivojlantirish haqida o‘ylayapti. Aktrisa hazillashib “o‘g‘lim” deb ataydigan mushugi bilan yashaydi.

Diren Po‘latog‘ullari

43 yoshli Diren Po‘latog‘ullari uchun “Qo‘rg‘on sirlari” serialida ishtirok etishi haqiqiy yutuq bo‘ldi. Bungacha uning bir nechta filmlari bor edi, lekin aktyor ularda o‘zini namoyon qila olmagandi. Ushbu loyihada Diren ekranda eng shafqatsiz va murakkab personajni — ikki go‘zal opa-singil Seyran va Sunaning badjahl otasini gavdalantiradi. Haqiqiy hayotda ham aktyor har doim nimani o‘ylasa, shuni aytadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Po‘latog‘ullari muxlislar bilan turli mavzularda muloqot qiladi, lekin shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollardan qochishga harakat qiladi. Aktyorning oilasi bor yoki yo‘qligi hozircha aniq emas. Gap shundaki, ba’zi manbalar Diren o‘n yildan beri baxtli turmush qurib, qizini tarbiyalayotganini yozsa, boshqalari aktyorning bo‘ydoq ekanligini ta’kidlamoqda. “Po‘latog‘ullari” mikroblogida oilaviy suratlar yo‘q, shu bois bu fikrlardan birini tasdiqlash yoki rad etishning iloji yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »