Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirgi kunda kino va televideniyeda grimm va turli usullar yordamida aktyorning qiyofasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartira oladigan iste’dodli vizajistlar ishlaydi. Biroq ba’zi mashhurlar hali ham obraziga moslashishni afzal ko‘rishadi va buning uchun ular ozishga, kal bo‘lishga yoki qoshlarini qirdirishga ham tayyor.

Nikol Kidman — “Qasos vaqti” (2018)

Foto: AdMe

“Qasos vaqti” trillerida aktrisa detektiv Erin Bell rolini ijro etgan. Nikol Kidman qahramoni sherigining o‘limi uchun jinoiy to‘da a’zolaridan o‘ch olmoqchi. Detektiv obrazi filmning ma’yus muhitiga juda mos keladi. Grimm yordamida Nikolning ko‘zlari charchagan va terisi nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ldi. Erin Bell roli aktrisaga “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotini olib keldi.

Tomas Brodi-Sangster — “Superqahramonning o‘limi” (2011)

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Superqahramonning o‘limi – og‘ir kasal bo‘lgan 15 yoshli Donald Klark haqidagi drama. Bu obrazni o‘ynash uchun Tomas Brodi-Sangster sochini oldirib, qoshlarini butunlay qirib tashlaydi.

Maykl Fassbender — “Ochlik” (2008)

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Ochlik” — o‘limga hukm qilingan mahbuslar haqidagi tarixiy drama. Bobbi Sands roli uchun esa Maykl Fassbender 16 kg vazn yo‘qotishi kerak edi. “300 spartalik” (2006) filmida uning mushakdor gavdasini eslaganlar, ayniqsa, transformatsiyadan hayratda qolishadi.

Emma Tompson — “Epilog” (2001)

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Emma Tompson tom ma’noda tanib bo‘lmaydigan darajada o‘z qahramonlariga qanday aylanishni biladigan aktrisadir. Biroq 2001-yilda u tub o‘zgarishlar qilishga qaror qildi: aktrisa “Epilog” filmida tuxumdon saratoni bilan kasallangan ingliz adabiyoti professori Vivien Bering rolini o‘ynash uchun sochini oldirib, qoshlarini oqartirdi.

Natali Portman — “Goya arvohlari” (2006)

Foto: AdMe

“Oskar” mukofoti sovrindori aktrisa Natali Portman “Goya arvohlari” filmidagi jirkanch obrazni sinab ko‘rishdan qo‘rqmadi. Film avvalida uning qahramoni yosh go‘zal sifatida paydo bo‘lsa-da, film oxirida u tubdan o‘zgaradi. Tuhmat sabab u ko‘p yillarni qamoqda o‘tkazadi, jozibasini yo‘qotadi, sog‘lig‘ini va yoshligidan ayriladi.

Xoakin Feniks — “Joker” (2019)

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Joker” filmining bosh qahramonini o‘ynash uchun Xoakin Feniks 23 kiloga ozishi kerak edi. Vazn yo‘qotish paytida sog‘lig‘ini yo‘qotmaslik uchun u hatto tibbiy yordamga ham murojaat qiladi.

Zak Efron yaqinda ekranga chiqishi kutilayotgan “Temir tirnoq” filmida

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ushbu filmda Zak Efron sobiq professional kurashchi Kevin Von Erich rolini ijro etadi. Kartina hali suratga olinayotgan bo‘lsa-da, Zakni allaqachon kelishgan qomati va yangi soch turmagida ko‘rishgan.

Anya Teylor Joy — “Atlantida” (2013–2015)

Foto: AdMe

Eng go‘zal aktrisalaridan biri ham taqir bosh va yuzidagi chandiqlar bilan ekranda paydo bo‘lishdan qo‘rqmadi. Gap 2013-yildan 2015-yilgacha ekranlarga chiqqan “Atlantida” fantastik seriali haqida ketmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »