Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur aktyorlar iste’dodli bo‘lish bilan birga, bir-biriga o‘xshamaydigan nozik didi bilan  ham ajralib turadi. Buni ularning hashamatli uylaridagi mehmonxonani qanday bezatganidan ham bilish mumkin.

Jennifer Eniston, Los-Anjeles

Foto: Legion Media

Jennifer Enistonning Stiven Shadli loyihalashtirgan uyidagi yog‘ochli dekorlar bilan to‘ldirilgan shinam mehmonxonasi unchalik katta emas. Biroq bu yerda og‘ir suratga olish kunlaridan keyin dam olish va koi-karplari baliqlarini tomosha qilish mumkin. Tabiiy yorug‘lik va tinchlantiruvchi rangdagi mebellar qulay muhit yaratishga yordam beradi. “Jennifer menga dramatik ta’sir ko‘rsatadigan sokin mehmonxona xohlayotganini aytgandi”, — deb eslaydi dizayner.

Foto: Legion Media

Kemeron Dias, Nyu-York

Foto: Legion Media

Kemeron Dias Manxettendagi bu kvartirani sotib olganida u oppoq, zerikarli, fayzsiz uy edi. “Bu yerda ranglar yetishmayotgandi!” — deb eslaydi aktrisa. Avvaliga uyni o‘zi loyihalashni, haftalab jurnallarni varaqlashni xohlaydi, ammo keyinchalik bunga vaqti yo‘qligini bilib, professional dizayner — Kelli Uirstlerni taklif qildi. Ular birgalikda yorug‘ va shinam makon yaratadi.

Dayana Kiton, Beverli-Hilz

Foto: Legion Media

“Dayana katta joylarni yaxshi ko‘radi”, — deydi u bilan bir nechta loyihalarda ishlagan aktrisaning yaqin do‘sti dizayner Stiven Shadli. Shuningdek, u bu uyning ichki qismlarini kolonial uslubda bezatdi: mehmonxonaning quyuq yog‘och shiftini oppoq devorlar bilan uyg‘unlashtirdi.

Dayana Kiton Kaliforniya san’ati va dizayni ishtiyoqmandi. U Meynard Diksonning “Kechqurun tushdan keyin” (1931) asarini mehmonxonasidagi kamin ustiga, Uilyam Ritschelning “Cho‘l sayyohlari” (1912) asarini konsol tepasiga osib qo‘ygan.

Foto: Legion Media

Jerard Batler, Nyu-York

Foto: Legion Media

Aktyor Jerard Batler nafaqat me’mor Aleksandr Gorlin, balki kinorejissor Elvis Restainoning yordami bilan Nyu-Yorkdagi uyini bezashga to‘rt yil vaqt sarfladi. Ushbu keng ko‘lamli loyihaning natijasi hayajonli film kabi ajoyib. Keng mehmonxonada ular “Jerri Yevropaga sayohati paytida yoki sevimli Nyu-York qahvaxonasiga tashrif buyurganida eslab qolgan narsalarni qayta tikladi”, deb eslaydi aktyor.

Foto: Legion Media

Jeyn Fonda, Nyu Mexiko

Foto: Legion Media

Faol suratga olishdan so‘ng Jeyn Fonda ranchosi — otxonasi, yorqin rangdagi gilamlari, kolonial davridagi artefaktlari bor uyiga qaytadi. Katta kaminli mehmonxonadagi qandil bug‘u shoxiga o‘xshash naqshlar bilan bezatilgan. Kamin atrofida ranchoning chaqmoq tasvirli emblemasi muhrlangan.

Foto: Legion Media

Jessika Chesteyn, Nyu-York

Foto: Legion Media

Bir paytlar West Side Story kompozitori Leonard Bernshteyn yashagan kvartiraga ko‘chib o‘tgach, aktrisa Jessika Chesteyn Manxettendagi uyining interyerini bezash uchun dizaynerlar Jessi Karyer va Mara Millerni taklif qiladi. “Bizning asosiy maqsadimiz eski uyga yangi hayot kiritish, joziba va nafosat olib kirish edi”, — deb eslaydi dizaynerlar.

Qisman to‘sib qo‘yilgan kamin qayta tiklanadi, jumladan, aktrisa vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radigan shinam mehmonxonadagi ham. Devorlarga sun’iy zamsh qoplamasi yordamida dekorativ ko‘rinish beriladi. Jessika Chesteyn vintajni — “energiyaga ega bo‘lgan narsalarni” yaxshi ko‘radi va ayniqsa, aktrisa Loran Bakallga tegishli chit qoplamali kreslosi bilan faxrlanadi.

Foto: Legion Media

Julianna Margulies, Nyu-York

Foto: Legion Media

Vinsent Volf tomonidan loyihalashtirilgan amerikalik aktrisa va prodyuser Julianna Marguliesning kvartirasida asosiy rolni yumaloq siluetli kulrang divan egallaydi. Aktrisa minimal mebel bilan zamonaviy yapon interyerlarini yaxshi ko‘radi. Bu kvartirada keraksiz narsalar yoki ranglar yo‘q. Mehmonxonada hamma narsa dam olish uchun sokin kayfiyatni yaratadi: tinchlantiruvchi ranglar, yoqimli to‘qimalar va turli darajadagi yorug‘lik.

Foto: Legion Media

Samuel L. Jekson, Los-Anjeles

Foto: Legion Media

Samuel L. Jekson dizayner Sesil N. Xeys unga Tyudorlar uslubida bezashga yordam bergan uyda yashaydi. Interyerda aktyorning ko‘plab mamlakatlarga qilgan sayohatlaridan olib kelgan buyumlari mavjud. Mehmonxonadagi kamin tepasida fors gilamchasi, keramik idishlar va bir juft G‘arbiy Afrika chivarasi — unumdorlik ramzi osilgan.

Foto: Legion Media

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »