Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afsonaviy shoumen Raj Kapurning nabirasi va mashhur Amitabx Bachchanning nabirasi — Agastya Nanda aktyorlik yo‘lini tanlaganida, bu ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Bir tomondan, bu aqlbovar qilmaydigan narsa emasdi — uning bobokaloni va bobosi butun hayotini kinoga bag‘ishlagan, ammo boshqa tomondan, Agastya har doim kino sanoatidan uzoqda yurgan.

Foto: Bollywoodtime

U bolaligining ko‘p qismini ota-onasi bilan Nyu-Dehlida o‘tkazadi, avval maktab-internatda, keyin esa chet elda o‘qiydi, ammo vaqtini suratga olish maydonchalarida o‘tkazmaydi. Uning otasi Nikhil Nanda biznes bilan shug‘ullangan, onasi Shveta Bachchan mashhurlarning farzandi bo‘lsa ham, Bollivudni yoqtirmagan. 

“Bollivud — shafqatsiz dunyo, meni unga allergiyam bor”, — deb tan oladi u.
Shveta Bachchan va Nikhil Nanda
Foto: Bollywoodtime

Agastya hech qachon diqqat markazida bo‘lmagan, lekin singlisi Navya Navelli, aksincha, kameralarni yaxshi ko‘radi. Ko‘pchilik Navya aktrisa bo‘ladi, Agastya esa oilaga tegishli fabrikani boshqarishni o‘z zimmasiga oladi, deb taxmin qilardi. Ammo buning aksi bo‘ldi. Navya tadbirkorlik yo‘lini, Agastya esa kinoni tanladi — bu tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.

Agastya, Shveta va Navya
Foto: Bollywoodtime

Agastya Nanda 2000-yil 23-noyabrda Raj Kapurning nabirasi va Amitabx Bachchan qizining oilasida tug‘ilgan. Umuman olganda, u hind kinosidagi eng yirik ikkita klanning avlodi: Kapurlar va Bachchanlar o‘rtasidagi rishtaga aylandi. Biroq ota-onasining munosabatlari ideal emasdi.

Agastya oilasi bilan birga.
Foto: Bollywoodtime

O‘smirlik davrida Agastya va singlisi maktab-internatga yuboriladi, shundan so‘ng onasi Shveta ota-onasi bilan birga yashash uchun Bombeyga qaytib keladi. Bolalari yaxshi ta’lim olishadi. 2019-yilda Londondagi maktabni tugatgan Agastya Hindistonga qaytadi.

Foto: Bollywoodtime

U maxsus ma’lumotga ega emasdi, ammo qonidagi genlar o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Amerikalik o‘smirlar haqidagi “Riverdeyl” serialini hind tiliga moslashtirishga tayyorlanayotgan Zoya Axtar Agastyani bosh qahramon Archi Endryu roliga chaqiradi.

Foto: Bollywoodtime

Qahramonning do‘stlari roliga Agastyadek debyutantlar — Shridevining qizi Hushi Kapur va Shohruh Xonning qizi Suhana Xonni taklif qiladi.

Foto: Bollywoodtime

“Riverdeyl” filmining hind tilidagi moslashuvi Netflix’da 7-dekabrda namoyish etiladi. Ammo film hozirdan nafrat to‘lqiniga duch kelmoqda.

Foto: Bollywoodtime

Hindistonlik tomoshabinlar yozishicha: 

“Progressiv kino o‘rniga Bollivuddagi barcha yulduzlar qatnashgan filmlar suratga olinmoqda. Men tomosha qilishdan oldin hukm chiqaradigan odam emasman, lekin Archi obrazi hind madaniyatidan butunlay farq qiladi. Bu film faqat yulduz bolalarning oilalari uchun yaratilgan. O‘rta sinf odamlari uchun ham, oddiy hind tomoshabinlari uchun ham emas. Bu film bizga nimani o‘rgatadi? Navbatdagi bema’nilik”.
Foto: Bollywoodtime

Ammo rejissor Zoya Axtar xalqaro auditoriyaga umid qilayotganga o‘xshaydi. Jamoa yaqinda Braziliyaga tashrif buyurib, u yerda ham muxlislar orttirdi. Agastya Nanda bobosining tashqi ko‘rinishini meros qilib olganligini tan olish kerak. Kapurlar oilasining genlari esa deyarli sezilmaydi.

Foto: Bollywoodtime

Bobosi Amitabh Bachchan nabirasi bilan faxrlanadi, ijtimoiy tarmoqlarda ham unga omad tilab, samimiy tilaklar yozadi. Agastya allaqachon yangi filmdan taklif olgan, filmda u Dharmendra bilan birga rol o‘ynaydi.

Foto: Bollywoodtime

Bu Hindistonning oliy harbiy mukofoti Param Vir Chakraning eng yosh laureati — Arun Xetpalning hayoti haqida “21” nomli biografik filmi. Kartina dastlab 2019-yilda e’lon qilingan va bosh rolda Varun Dhavan suratga tushishi kerak edi.

Foto: Bollywoodtime

Ammo film pandemiya tufayli kechiktirildi, keyinchalik esa Dhavan vaqti yo‘qligi sabab bu rolni rad etadi. Natijada mazkur rol Agastyaga nasib etadi. Bugungi kunda u Bollivuddagi eng istiqbolli aktyor hisoblanadi.

Foto: Bollywoodtime

Agastya Shohrux Xonning qizi Suhana Xon bilan uchrashib yuradi. Agar yoshlar munosabatlarini nikoh orqali mustahkamlasa, ularning farzandlari ham ideal genlarga ega bo‘ladi: Kapurlar, Bachchanlar va Xonlar avlodi.

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »