Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gollivud yulduzlari faqatgina aktyorlik karyerasi bilan mashhur deb o‘ylasangiz adashasiz, ular boshqa iste’dodlari bilan ham muxlis orttirgan.

Stiv Martin

“Yandeks Dzen”

Komediyachi Stiv Martin — “Katta oila” va “Pushti pantera” kabi filmlar yulduzi. Ammo shou-biznesda u bolaligidan banjo chala oladigan iste’dodli musiqachi sifatida ham tanilgan.

2009-yilda u hatto albomi uchun “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari, Martin pianino ham chala oladi, lekin banjo chalishdek mohirona emas.

Nil Patrik Xarris

“Yandeks Dzen”

Nil Patrik Xarris kinodagi taniqli arbob bo‘lib, u o‘z vaqtida “Onangiz bilan qanday tanishganman” teleserialida bosh rollardan birini o‘ynagan, filmda u Barni Stinson obrazini gavdalantirgan. Nil Patrik Xarris professional ko‘zbog‘lovchi bo‘lib, u 2006-yilda nufuzli Tannen’s Magic Louis Award mukofotiga loyiq ko‘rilgan. 2008-yilda World Magic Award shousida boshlovchilik qilgan.

Kolin Farrell

“Yandeks Dzen”

Irlandiyalik aktyor Kolin Farrell faoliyati davomida o‘nlab filmlarda suratga tushgan, turli formatdagi rollarni ijro etgan va komediyadan tortib trillergacha mutlaqo hech qanday janrdan qo‘rqmagan. Uning Amerikaga kelishining birinchi kunlari biroz og‘ir kechadi, lekin raqs uni pulsizlikdan qutqaradi. U kantri musiqasini yaxshi bilgani uchun raqqos sifatida dars bera boshlaydi. Aktyorlik karyerasi rivojlangungacha dars berishda davom etgan.

Pirs Brosnan

“Yandeks Dzen”

Pirs Brosnan 1994-yilda “Oltin ko‘z” filmida Jeyms Bond rolini qo‘lga kiritadi va keyingi to‘rtta filmda ham o‘zi o‘ynadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, aktyorlik uning yagona iste’dodi emas. Uzoq yillar avval u olov bilan tryuk ko‘rsatgan (olovli tayoqni og‘ziga solgan) va bir marta professional sirkda ham ishtirok etgan.

Kristofer Uolken

“Yandeks Dzen”

Kristofer Uolken Amerika kinosining afsonalaridan biri, chunki u butun faoliyati davomida 100 dan ortiq filmlarda suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo mashhur bo‘lishidan oldin u professional sher o‘rgatuvchi bo‘lgan. Uning sevimli jonivori Shaba ismli sher bo‘lib, aktyor uni katta keksa ko‘ppak deb atagan.

Xarrison Ford

“Yandeks Dzen”

Xarrison Ford “Indiana Jons” va “Yulduzlar jangi” kabi kino franshizalarida o‘ynagan va mashhur Gollivud aktyorlari bilan raqobatlashgan. Aktyorlik faoliyatidan tashqari, u litsenziyaga ega uchuvchi va uning arsenalida Santa Monika aeroportida joylashgan bir nechta samolyot bor. To‘g‘ri, ba'zida uning amaliyotida kichik halokatlar sodir bo‘ladi. Ulardan birida aktyor son va to‘pig‘ini og‘ir jarohatlagan.

Teylor Lotner

“Yandeks Dzen”

Teylor Lotner aktyorlik faoliyatini 11 yoshida boshlagan, ammo u “Sumerki” franshizasi chiqqandan keyingina muvaffaqiyatga erishadi, filmda u asosiy rollardan biri — Jeykob rolini o‘ynaydi. U nafaqat o‘zining aktyorlik iste’dodi, balki sport bilan shug‘ullanganligi tufayli o‘zining ajoyib qomati bilan ham muxlislarini hayratda qoldiradi. 6 yoshidan u karate bilan professional tarzda shug‘ullangan va nafaqat ko‘plab mukofotlarga, balki qora kamarga ham ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »