Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyida adyolga o‘ranib olib, issiq limon choy ichib, tomosha qilinadigan betakror kuz atmosferasini beruvchi filmlarni to‘pladik.

“Garri Salli bilan uchrashganda”, 1989-yil

Bosh rollarda: Meg Rayan, Billi Kristal

Foto: Filmdan kadr

Nyu-Yorkni zabt etishga qaror qilgan qishloqdan kelgan Garri va Salli bir-biriga umuman o‘xshamasligini anglab yetadi. Garri faqat o‘zini yaxshi ko‘radigan xudbin, Salli esa qiziqqon va o‘ziga ishongan ayol. Qahramonlar boshqa yo‘llardan ketishadi, lekin hayot ularni yana birlashtiradi. Ko‘p yillar o‘tgach, bosh qahramonlar boshqa darajadagi munosabatlarga imkoniyat bera oladigan yaqin do‘stlarga aylanishadi. Ammo Garri va Salli bu qadamni qo‘yishga jur’at etadimi?

“Zakovatli Uill Xanting”, 1997-yil

Bosh rollarda: Mett Deymon, Robin Uilyams, Ben Afflek

Foto: Filmdan kadr

Film sujeti vunderkind Uill Xanting va uning psixoterapevti Shon atrofiga qurilgan bo‘lib, u vasiyligi ostidagi yigitning og‘ir damlarda omon qolishiga yordam beradi. Mushtlashaverib hammani bezor qilgan yigitga terapiya kursi belgilanadi. Shunday qilib, kuchli do‘stlikka aylangan “qayta tarbiyalanish” boshlanadi, natijada har bir qahramon o‘zining yangi tomonlarini kashf etadi.

“Nyu-Yorkdagi kuz”, 2000-yil

Bosh rollarda: Richard Gir, Vaynona Rayder

Foto: Filmdan kadr

Uill Keyn doim ayollar e’tiborida bo‘lishga o‘rganib qolgan. U muvaffaqiyatli, kelishgan va boy, ammo barcha munosabatlari ajralish bilan tugaydi. Quvnoq Sharlotta bilan uchrashganda esa hammasi o‘zgaradi. Avvaliga Uill uni tentakroq deb o‘ylab, u bilan beparvo munosabatda bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay, qahramon Sharlottaning og‘ir kasal ekanligini bilib qoladi — qizning bir yilgina umri qolgan.

“Mona Liza tabassumi”, 2003-yil

Bosh rollarda: Juliya Roberts, Kirsten Danst, Juliya Staylz, Meggi Jillenxol, Jinnifer Gudvin

Foto: Filmdan kadr

Film voqealari 1950-yillarda sodir bo‘ladi. Ketrin Uotson ayollar kollejida san’at tarixidan dars bera boshlaydi. Biroq u darhol atrofidagilarning qarshiligiga duch keladi, chunki talabalar va hamkasblari patriarxal qarashlarga ega edi. Bosh qahramon bosqichma-bosqich talabalarining dunyoqarashini o‘zgartirishga harakat qiladi, jamiyatda ayollarning o‘rni ahamiyatli ekanini tushuntirib beradi.

“Ko‘l bo‘yidagi uy”, 2006-yil

Bosh rollarda: Kianu Rivz, Sandra Bullok

Foto: Filmdan kadr

Sevgi vaqtdan tashqarida ham mavjud bo‘lishi mumkinligini isbotlovchi ta’sirli film. Bosh qahramon Keyt sevgilisi bilan ajrashadi va ko‘l bo‘yidagi sevimli uyini tark etishga qaror qiladi. U o‘zidan keyingi odam uchun xabar qoldirishga qaror qiladi. Aleks xatni topadi va nima uchun qizning so‘zlari haqiqatga mos kelmasligini tushunmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, qiz 2006-yilda, u esa 2004-yilda yashaydi va faqat sirli pochta qutisi ularning xabarlarini bir-biriga yuborishi mumkin. Ammo qahramonlar qachondir yuzma-yuz uchrasharmikan?

“Penelopa”, 2006-yil

Bosh rollarda: Jeyms Makavoy, Kristina Richchi

Foto: Filmdan kadr

Bu loyiha Riz Uizerspunning birinchi prodyuserlik ishlaridan biri bo‘lib, filmda u ham rollardan birini o‘ynagan. Filmda butun hayotini yuzini yashirgan holda o‘tkazgan Penelopa ismli qiz haqida hikoya qilinadi. Cho‘chqanikiga o‘xshagan burni tufayli u odamlarga qo‘shilolmaydi. Uni seva oladigan odamni uchratgandagina qiz bu tavqi la’natdan qutulishi mumkin. Penelopa bunday odamni topishdan umidini uzgan, lekin hayot unga ko‘plab kutilmagan voqealarni tayyorlab qo‘ygan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »