Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shou-biznesdagi karyerasidan tashqari o‘z bizneslarini qurishga muvaffaq bo‘lgan mashhurlar haqida ma’lumot beramiz.

Gvinet Peltrou — investor va sog‘lom turmush tarzi mahsulotlari asoschisi

Foto: Getty Images

2023-yilda Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Gvinet Peltrou o‘zining Kinship Ventures kompaniyasiga 75 million dollar sarmoya kiritgan. Bu texnologik kompaniyalar uchun turli mahsulotlar va Web3 startaplariga foydali sarmoyalar topish loyihasi hisoblanadi. Bu Goop brendi asoschisi sifatida tanilgan aktrisaning yangi, lekin birinchi biznesi emas. U 15 yildan ortiq vaqtdan beri sog‘lomlashtirish sanoatida yetakchi hisoblanadi. Gvinet ayollar uchun mahsulotlar, jumladan, kiyim-kechak, vitaminlar va kosmetika mahsulotlarini sotadi.

Jennifer Lopes — parfyumer va prodyuser

Foto: Getty Images

Jey Lo biznes loyihalari bilan 2000-yillarning boshida Toni Medina bilan birgalikda Nuyorican Productions prodyuserlik kompaniyasini tashkil etish va Jennifer Lopes Collection kiyim-kechak liniyasini ishga tushirish bilan shug‘ullana boshladi, uning asosiy g‘oyasi “hamyonbop glamur” edi. 2010-yildan beri brend faqat Kohl’sda taqdim etilgan, ammo 2020-yilda kovid pandemiyasidan keyin yopilgan. Ammo Lopesning prodyuserlik kompaniyasi hamon muvaffaqiyatli ishlamoqda — budjeti 27 million dollar bo‘lgan “Raqqosalar” filmi jahon prokatida 157,6 million dollar daromad keltirdi. Bundan tashqari, Jennifer dekorativ kosmetika va parfyumeriya sohasida ham taniqli tadbirkorlardan biri. 24 xil turdagi atirlari 2023-yilga kelib 2 milliard dollar foyda keltirdi, Inglot Cosmetics brendi esa ilk oylardayoq 15 million dollar ishlab topdi.

Jessika Alba — ekotaglik ishlab chiqaruvchi

Foto: Getty Images

Forbes Albani Madonna va Opra Uinfrilar qatorida Amerikaning eng boy ayollaridan biri deb topgan. Aktrisa atrof-muhit muammolariga befarq emas. 2012-yilda u ekologik toza tagliklar ishlab chiqarishni boshladi, The Honest brendi esa bolalar kosmetikasi, gigiyena vositalari va uy tozalash uchun kimyoviy moddalarini o‘z ichiga oladi. Onlayn do‘kondan sotuvlar Buy Buy Baby, Costco, Whole Foods, Target va Nordstrom chakana savdo tarmoqlariga ko‘chdi. 2021-yilda Jessika Albaning kosmetika kompaniyasi Honest IPO asosida 1,45 milliard dollarga baholanadi. Aktrisa investorlarni faol jalb qiladi, ishlab chiqarishni kengaytirish ustida ishlaydi, muzokaralar va ishlanmalarda ham o‘zi qatnashadi. Santa Monikadagi The Honest ofisida xodimlarning bolalari uchun tarbiyachilar bo‘lgan bolalar xonasi bor, Albaning o‘zi ham ikki qizi va o‘g‘lini shu yerga olib keladi.

Sandra Bullok — gul do‘koni bo‘lgan kafe egasi

Foto: Getty Images

Opera xonandasi va vokal o‘qituvchisining qizi bo‘lgan Sandra Bullok bolaligidan qat’iyatli bo‘lib o‘sgan. Orzu uchun ishlash qobiliyati sobiq huquqshunos talabaga nafaqat kino karyerasida, balki biznesda ham yordam berdi – “Ko‘rinmas tomon” filmidagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida “Oskar”ga sazovor bo‘lgan aktrisa Texasda ikkita restoran ochgan. To‘g‘ri, ulardan biri — Bess deb nomlangani 2015-yilda yopilgan. Ikkinchisi, Walton’s Fancy and Staple novvoyxona, kichik kafe va gul do‘konini o‘z ichiga oladi. Aktrisa biznesiga do‘stlari va qarindoshlarini jalb qilgan, masalan, singlisi Jezin kasbi advokat bo‘lsa-da, restoran menyusining ko‘p qismini u tuzib bergan.

Xyu Jekman, eko-kurort egasi

Foto: Getty Images

“X-odamlar”dagi Rosomaxa Avstraliyaning eko uslubidagi kurortini sotib olgan Gwinganna Retreat mehmonxonasi tog‘da — okeandan 15 daqiqa piyoda uzoqlikda joylashgan. Mehmonlarga yuqori sifatli kurort xizmatlari taklif etiladi va kurortning o‘zi kichik Gavayi qishlog‘iga o‘xshaydi. Mehmonxonada televizor yo‘q, Wi-Fi faqat bir nechta xonalardagina mavjud. Mehmonlar yoga bilan shug‘ullanishlari, raqsga tushishlari, meditatsiya qilishlari va quyonlar va kengurular bilan birga 160 gektar hududni sayr qilishlari mumkin.

Eshton Kutcher, investor

Foto: Getty Images

Aktyor dunyodagi eng muvaffaqiyatli investorlardan biri sifatida tan olingan. Eshton Skype, Meerkat, Genius, Airbnb va Spotify kabi yirik loyihalarga sarmoya kiritgan. U muvaffaqiyatini foydadan ko‘ra odamlarning ehtiyojlariga e’tibor qaratgani bilan izohlaydi:

“Men ko‘p vaqtimni odamlardan qanday qilib pul ishlashni emas, nimaga muhtojligini tushunishga sarflayman. Investorlar ko‘pincha daromad haqida o‘ylashganda buni unutishadi”.

2003-yilda Eshton Kutcher kompaniyasi yangi sun’iy intellekt fondi uchun 243 million dollar sarmoya kiritdi.

Sting, vino ishlab chiqaruvchi

Foto: Getty Images

Britaniyalik musiqachi va qo‘shiqchining ta’kidlashicha, agar u och bo‘lsa, yaxshi kuylay olmaydi. Sting faqat organik mahsulotlarni iste’mol qilishga harakat qiladi, shuning uchun Gordon Metyu Tomas Samner (mashhurning haqiqiy ismi) Toskanada o‘zining sharob, sariyog‘ va asal ishlab chiqarish biznesini ochgan.

Ledi Gaga, dizayner

Foto: Getty Images

Faoliyatini pab va klublardagi chiqishlar bilan boshlagan Ledi Gaga bugungi kunda nafaqat shou-biznesning eng boy va mashhur odamlari ro‘yxatiga kiritilgan, balki muvaffaqiyatli biznesga ham ega. Aniqrog‘i, bir vaqtning o‘zida bir nechta mashhur loyihalar egasi hisoblanadi. Ledi Gaga loyihalariga parfyum, restoran, komikslar do‘koni va smartfon ilovalarida mavjud bo‘lgan Little Monsters ijtimoiy tarmog‘i kiradi. Shu bilan birga, u o‘zining arzon narxlardagi kiyimlar to‘plamini chiqargan, masalan, Ledi Gaga futbolkalarini 30 dollarga sotib olish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »