Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika Aktyorlar gildiyasi va prodyuserlar uyushmasi hech qachon tinch yurmagan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, gildiya rahbarlari endi o‘yin kompaniyalariga qarshi yangi ish tashlash variantini ko‘rib chiqmoqda. Gollivud aktyorlari pul xayriya qilish, qiziqarli narsalar va xizmatlarni kimoshdi savdosiga qo‘yish orqali norozilik olovini kuchaytirmoqda.

Jeremi Allen Uayt — “Ayiq” serialidagi peshband (fartuk)

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Aktyor va mashhur “Ayiq” teleseriali tufayli “maktab xodimi”ning oddiy ko‘k peshbandi oshpazlik jihozlarining moda elementiga aylandi. Uayt va shouda ishtirok etgan boshqa yulduzlarning avtografi bilan uning narxi sezilarli darajada oshdi. Kimoshdi savdosi davom etmoqda: peshband narxi 2225 dollardan kam emas.

Mark Ruffalo — Funko POP o‘yinchoqlari

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Xalk rolini ijro etgan aktyor dastlab Funko bilan shartnoma imzolaydi, keyin esa sotuvga qo‘yilgan bir nechta o‘yinchoqlar uchun ham shartnoma qilinadi.

Foto: Europa Plus

Keyinchalik kompaniya bosh direktori Brayan Mariotti 2022-yilda ko‘rilgan foyda haqida ma’lum qildi, shuningdek, 245 million dollarga yetgan qarz miqdorini ham e’lon qildi. U ishlab chiqarish ortiq davom etmasligini aytdi: taxminan 2,7 million haykalchani utilizatsiya qilish kerak edi. Ortiqcha mablag‘ hisobdan chiqarilishi munosabati bilan kompaniya xodimlarining o‘n foizga yaqini ishdan bo‘shatildi. Aktyor esa mazkur haykalchalarni auksionga qo‘yib, vaziyatni yaxshilamoqchi.

Kianu Rivz – “Bill va Tedning ajoyib sarguzashtlari” filmining imzolangan ssenariysi

Kianu Rivzning karyerasi ushbu esda qolarli filmdan boshlangan. Ssenariyga nafaqat Rivz, balki uning sherigi Aleks Vinter, shuningdek, ko‘rsatuv boshlovchilari Kris Mateson va Ed Solomon ham imzo chekkan.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Deniel Redkliff — “G‘alati El” filmidagi ko‘ylak

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Griffindorning sharf va tayoqchalari allaqachon sotilgan, biroq Deniel Redkliff kimoshdi savdosiga taklif qiladigan narsasi bor — “G‘alati El” komediyasidagi qahramonning Gavayi ko‘ylaklaridan biri. Filmda aktyor eksantrik akkordeonchi Alfred Yankovich rolini o‘ynadi. Ko‘ylakka Redkliff dastxat ham qo‘ygan. Kimoshdi savdosi g‘olibiga Yankovichning avtografi qo‘yilgan DVD ham beriladi.

Adam Skott — it bilan sayr

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Aktyor sukunatdan bahramand bo‘lish yoki it bilan o‘ynash mumkin bo‘lgan ko‘plab parklar va dam olish joylarini biladi. Hayvonlarni sevuvchi Skott auksion g‘olibining o‘zi va iti bilan bir soat sayr qilishga tayyor. Ularga boshqalar ham qo‘shilishi mumkinligi alohida ta’kidlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »