Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

25-sentyabr kuni aktyor Uill Smit 55 yoshini nishonladi. Shu munosabat bilan aktyor ishtirokidagi eng yaxshi filmlar ro‘yxatini tuzdik.

“Ali”, 2001-yil

Rejissor: Maykl Mann

Bosh rollarda: Uill Smit, Jeymi Foks, Jon Voyt

Foto: Filmdan kadr

Kassius Kley — yosh va umidli bokschi Sonni Liston bilan jang qiladi. Syujet nafaqat uning karyerasi, balki ijtimoiy faoliyati atrofida ham rivojlanadi. Shuningdek, ijodkorlar bosh qahramon Muhammad Aliga aylangan bosqichni ham e’tibordan chetda qoldirmagan. Qizig‘i shundaki, Smit dastlab bu rolga rozi bo‘lmagan, ammo sportchining o‘zi uni ko‘ndirgan. Aktyor ko‘p oylar davomida ringda mashq qildi, uning sa’y-harakatlari besamar ketmaydi — mazkur roli uchun u “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘riladi.

“Baxt ortidan quvib”, 2006-yil

Rejissor: Gabriel Muchchino

Bosh rollarda: Uill Smit, Jeyden Smit

Foto: Filmdan kadr

Film eng muvaffaqiyatli brokerlardan biriga aylangan va eng yirik investitsiya kompaniyasi asoschisi bo‘lgan yolg‘iz ota Kris Gardnerning hayotiy hikoyasiga asoslangan. Ammo faoliyatining boshida u ham pul bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Kris maosh to‘lanmaydigan olti oylik stajirovkadan o‘tadi, u yerda 19 ta raqobatchini mag‘lub etishi kerak edi. Bosh qahramonni Uill Smit, uning o‘g‘li obrazini esa aktyorning farzandi Jeyden o‘ynagan. Loyiha Smitga ikkinchi “Oskar” nominatsiyasini olib keladi, o‘g‘li esa MTV mukofotiga sazovor bo‘ladi — yosh iste’dod “Yil yutug‘i” deb topiladi.

“Men afsonaman”, 2007-yil

Rejissor: Frensis Lourens

Bosh rollarda: Uill Smit, Elis Braga

Foto: Filmdan kadr

Film voqealari post-apokaliptik Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Insoniyatning yarmi halok bo‘lgan, qolgan yarmi zombilarga aylangan. Faqat Robert Nevillgina immuniteti sabab tirik qolgan. Yolg‘izlikni yengish uchun u oddiy turmush tarzini olib borishga harakat qiladi, shuningdek, zararlangan odamlarda sinov o‘tkazib, vaksina ixtiro qilishga harakat qiladi. Bir kun uning tajribasi kutilmagan natijani beradi — endi bosh qahramon yorqin kelajakka umid qilishi mumkin.

“Yetti taqdir”, 2008-yil

Rejissor: Gabriyel Muchchino

Bosh rollarda: Uill Smit, Rosario Douson, Vudi Xarrelson

Foto: Filmdan kadr

Ta’sirli va fojiali filmda yetti kishining hayotini saqlab qolgan Tim Tomas haqida hikoya qilinadi. Vaqt o‘tganiga qaramay, qahramon hali ham vijdon azobidan qutulolmaydi. Bundan qutulish uchun esa “qarz to‘lash” rejasini o‘ylab topadi. Tim organlar donoriga aylanadi. Biroq u faqat ikkinchi imkoniyatga loyiq bo‘lganlarni tanlaydi. Bosh qahramon unda yashash istagini uyg‘otadigan yangi bemor bilan uchrashganda hammasi o‘zgaradi.

“Xenkok”, 2008 yil

Rejissor: Piter Berg

Bosh rollarda: Uill Smit, Sharliz Teron, Jeyson Beytman

Foto: Filmdan kadr

Xankok super qudratga ega. Uni qahramon deb atash oson emas, lekin uni yovuz deb ham bo‘lmaydi. U yovvoyi turmush tarzini olib boradi, lekin jamiyat xavf ostida bo‘lganda, u yordamga keladi. Bir kuni u piar-menejer Reyni qutqaradi va u minnatdorlik belgisi sifatida Xenkokka imiji ustida ishlashni taklif qiladi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, Xenkok sayyoradagi yagona o‘ziga xos mavjudod emas — bu uning atrofidagilar uchun katta muammoga aylanadi.

“Fokus”, 2014-yil

Rejissorlar: Jon Rekua, Glenn Fikarra

Bosh rollarda: Uill Smit, Margo Robbi

Foto: Filmdan kadr

Bu safar Uill Smit maftunkor o‘g‘ri Jess bilan uchrashadigan firibgar Niki rolini o‘ynaydi. Qiz tajribali firibgarni uning ustozi bo‘lishga ko‘ndiradi. Ko‘p o‘tmay, bosh qahramonlar bir-birlarini sevib qolishadi, lekin ularning har bir harakati yaxshilikka olib kelmaydi.

“Qirol Richard”, 2021-yil

Rejissor: Reynaldo Markus Green

Bosh rollarda: Uill Smit, Saniya Sidney, Demi Singleton

Foto: Filmdan kadr

Ushbu film bo‘lmaganida bu ro‘yxat to‘liq bo‘lmasdi. Smit yana biografik filmda tennischilar Venera va Serenaning otasi Richard Uilyams rolini o‘ynaydi. Bolaligidan u farzandlarini buyuk sportchilar bo‘lishlariga ishontirib o‘stirgan. Vaqt o‘tgach, qizlarining kattasi taniqli murabbiy Pol Koen e’tiboriga tushadi. Kichik qizi ortda qolmasligi uchun Richard barcha mashg‘ulotlarni yozib oladi va u bilan o‘zi shug‘ullanadi. Mazkur rol tufayli aktyor iste’dodining yangi qirralarini ochib beradi va buni tanqidchilar ham, tomoshabinlar ham ta’kidlashadi. Ushbu roli uchun aktyor 2022-yilda yana bir bor “Oskar”ga munosib ko‘riladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »