Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhurlarning so‘nggi yillarda shaxsiy hayotidagi shov-shuvlar kino sujetiga asos bo‘lgan yuqori darajadagi hujjatli filmlar haqida gaplashamiz.

Madonna

Foto: Getty Images

Madonna haqida bir nechta hujjatli filmlar suratga olingan, ammo badiiy filmlar olinmagandi. Xonanda 2020-yilda u o‘zi haqida film ishlash uchun ssenariy muallifi Diablo Kodi bilan hamkorlik qiladi. Filmga o‘zi rejissorlik qilmoqchi bo‘ladi. Ammo suratga olish jarayonlari cho‘zilib ketadi: xonanda gastrol safari u uchun muhimroq degan qarorga keladi.

Qo‘shiqchi haqidagi so‘nggi hujjatli film “Madonna: Afsonaning tug‘ilishi” deb nomlanadi.

Britni Spirs

Foto: Getty Images

Xonanda ko‘p yillar davomida otasini sudga berib, unga nisbatan vasiylikni bekor qilishni talab qildi. Zolim ota-onaning dahshatli cheklovlari va chidab bo‘lmas yashash sharoitlarini muntazam ravishda e’lon qilib, erkinlikni talab qila boshladi. Britni o‘z maqsadiga erishdi. Vasiylikdan chiqishidan biroz oldin “Britni janob Spirsga qarshi” hujjatli filmi chiqdi. Film mualliflarning ta’kidlashicha, 2010-yillarda qizning to‘satdan media maydonidan g‘oyib bo‘lishi ijoddan charchaganligi bilan bog‘liq emas — bu otasi Jeymi Spirsning oldindan rejalashtirilgan rejasi bo‘lgan.

Jastin Biber

Foto: Getty Images

Musiqachi umrining yarmidan ko‘pini katta shou-biznesda o‘tkazdi va u haqida allaqachon ikkita hujjatli film suratga olingan. Birinchisi, “Jastin Biber: Hech qachon hech qachon dema”17 yoshga to‘lishidan biroz oldin chiqqan. O‘sha paytda o‘smirlarning muvaffaqiyat tarixi unchalik qadrlanmagan: film reytingi pastlab ketgandi. Keyingi kliplari esa dislayklarga nishon bo‘ldi.

Uch yil oldin “Fasllar” seriyali chiqdi, unda Biberning shon-shuhrati, charchashi, tushkunlik payti, quvonchi, karyerasi — umuman olganda, hayoti haqida hikoya qilinadi.

Jonni Depp va Ember Xyord

Foto: Getty Images

Emma Kuperning “Depp Xyordga qarshi” nomli uch qismli filmida shov-shuvli yangilik topib bo‘lmaydi: barcha faktlar u yoki bu tarzda yangiliklarda allaqachon chiqib bo‘lgan. Lekin hamma narsani bir joyga jamlash va umumlashtirish ham katta mehnat.

Kim Kardashyan va Kanye Uest

Foto: Getty Images

“Kim vs Kanye: Ajrashish” hujjatli film mualliflari juftlikni qirol oilasiga qiyoslaydi — ularning nikohi juda mustahkam tuyulardi. Filmda yulduzlarning sevgisi qanday boshlangani, nikohi qanday rivojlangani va uning buzilishiga nima sabab bo‘lganligi tasvirlangan. Turli xil versiyalar taqdim etiladi. Albatta, bosh qahramonlar ham o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi: har birining o‘z haqiqati bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »