Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turklar hech qachon tarixini unutmagan, bolalari Yevropa ta’limini olsa-da, turk madaniyatida ulg‘aygan. Ular Turkiyadagi ota-onalari uchun o‘rnak, qarindoshlari uchun g‘urur bo‘lgan. Hatto ulardan ba’zilari mashhur bo‘lishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Fahriye Evjen

“Yandeks Dzen”

Barcha turk tomoshabinlarining sevimlisi, o‘z vatanida turkiyalik Monika Belluchchi deb ataladigan Fahriye Evjen Germaniyaning Solingen shahrida ko‘p bolali turk oilasida tug‘ilgan. Uning onasi cherkas bo‘lib, oilasi bilan Gretsiyaning Saloniki shahridan ko‘chib kelgan. Ammo ular turk muhojirlarining global to‘lqiniga qo‘shilib, begona yurtda hayotning barcha mashaqqat va qiyinchiliklarini boshdan kechiradi. Shunga qaramay, oilada ta’lim birinchi o‘ringa qo‘yilgan, barcha qizlar yaxshi o‘qishga harakat qilishgan (Fahriyening 3 ta opasi bor). Fahriye Dyusseldorf universitetining sotsiologiya fakultetida o‘qiy boshlaydi va omadli tasodif bo‘lmaganida, ehtimol sotsiolog bo‘lardi: ta’tilda Istanbulga onasi va opalari bilan kelgan Faxriya prodyuserlar e’tiboriga tushadi va uni seriallardan biriga taklif qilishadi. O‘sha paytda bo‘lajak yulduz 18 yoshda edi. Uning birinchi roli “Hech qachon unutma” teleserialidagi Pinar obrazi bo‘lgan.

Fahriye bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, astoydil harakat qila boshlaydi. Albatta, ajoyib tashqi ko‘rinishi ham bunga katta hissa qo‘shadi, ammo kuchli xarakter va iste’dodsiz hech narsa bo‘lmasdi. Keyinchalik katta asarlar va bosh rollarga taklif tusha boshlaydi. Tomoshabinlar, ayniqsa, “Choliqushi” filmining serial remeykidagi Ferideni yaxshi ko‘rishadi.

Keyin chiroyli nikoh, baxtli oila, onalik baxti. Fahriye hozir ham aktrisalik faoliyatini davom ettirmoqda. Aytgancha, u o‘qishni tugatib, Bosfor universitetining tarix yo‘nalishi bo‘yicha diplom olgan.

Serkan Chayog‘li

“Yandeks Dzen”

Serkan Chayog‘lining ota-onasi — etnik turklar. Otasi 7 yoshida ota-onasi bilan Germaniyaga kelgan. Ammo Serkanning onasini Turkiyadan kelin qilishgan, shundan keyin u eri bilan birga Berlinga ko‘chib keladi. Serkanning egizak ukasi bor, lekin ular yaqin bo‘lsalar ham, unchalik o‘xshamaydi. Serkan dastlab turkchani yaxshi bilmasdi. U Berlinda tug‘ilgan va barcha muhojirlarning farzandlari singari yaxshi ta’lim olgan — iqtisodchi bo‘lish uchun o‘qigan. Ammo moda agentlari e’tiboriga tushib, ishga taklif qilinadi.

Serkan model sifatida ko‘plab mamlakatlarga sayohat qilgan, ammo aktyor bo‘lish orzusi uni tark etmagan. Universitetda o‘qib yurgan kezlari aktyorlik saboqlarini olgan. Ota yurtiga kelganda esa Turkiyani yaxshi ko‘rib qoladi, bundan tashqari, shu yerda aktyorlik bo‘yicha o‘qishni davom ettiradi. “Gilos mavsumi” serialidagi bosh rol aktyor karyerasidagi birinchi asosiy rol edi va darhol muvaffaqiyatli chiqadi. Ayoz roli unga olamshumul mashhurlik keltiradi. Aynan suratga olish maydonchasida u bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini uchratadi — serialdagi partnyori O‘zge Gürel bilan shu serial sabab tanishadi.

Asli Enver

“Yandeks Dzen”

Asli Enver tomoshabinlarga “Kvest” va “Istanbullik kelin” seriallaridan, shuningdek, Netflix platformasidagi “Ishonchli qo‘llarda” filmi bilan tanish. U ham chet elda, Londonda tug‘ilgan. Uning otasi kiprlik turk, otasi o‘qishga kelgan bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishganida ham Londonda yashardi. Yoshlar bir-birini sevib, turmush qurishadi. Asli ota-onasi ajrashguncha, deyarli butun bolaligini Londonda o‘tkazadi. Keyin onasi, ukasi va singlisi bilan Istanbulga qaytib keladi.

Asli ijodiy to‘garaklarga qatnashgan — u hayotini teatr va kino bilan bog‘lashni rejalashtirgan. Istanbul universitetlaridan birining teatrshunoslik fakultetiga o‘qishga kirib, uni tamomlagan. U karyerasini kichik rollardan boshlaydi. Yosh aktrisa shaxsiy hayotini ham unutmaydi. Yosh bo‘lishiga qaramay turmushga chiqadi, ammo ko‘p o‘tmay ajrashadi. Keyin esa butun mamlakatda shov-shuv bo‘lgan bir qator bo‘ronli romantikalarni boshdan kechiradi. Eng hayratlanarlisi mashhur san’atkor va qo‘shiqchi Murat Bo‘z bilan bo‘lgan munosabatlar edi. Lekin bu munosabatlar to‘ygacha yetib bormaydi. Nihoyat turmushga chiqqan Asli yaqinda muxlislarini chiroyli qizning onasi bo‘lganligi bilan xursand qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »