Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyo OAV Yevropa monarxlari, xususan, Megan Markl va Keyt Middlton singari malikalarning aytgan gapidan tortib, kiyinish uslubigacha muhokama qilishdan charchamaydi. Ammo go‘zalligi va yuksak didga ega ekanligi bilan e’tirofga loyiq malikalar faqatgina G‘arbda bo‘lmaydi. Arab ayollari, ularning kiyinishi, turmush tarzi bilan bog‘liq tasavvurlarni o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan Amira at-Tavil haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Amira oddiy oilada tug‘ilgan va bir kuni odamlar uni malika deyishlarini tasavvur ham qila olmasdi. Talabalik davrida Saudiya Arabistoni qirolining jiyani bilan uchrashgach, uning hayoti butkul o‘zgarib ketadi. Qiz o‘qishdan berilgan topshiriq — shahzoda Valid ibn Taloldan intervyu olishi kerak bo‘lgan. O‘shanda Amira bor-yo‘g‘i 18 yoshda, taxt vorisi esa 46 yoshda edi. Go‘zal talaba birinchi uchrashuvdanoq Saudiya shahzodasining qalbini zabt etadi va 9 oylik munosabatlardan so‘ng ular turmush qurishadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Amira jamoat joylarida arab milliy libosi — abayya kiyishdan voz kechgan Saudiya Arabistonidagi birinchi malika bo‘lgan. Yevropacha uslubda kiyinishni yaxshi ko‘radigan malika mamlakatdagi ayollardan birinchilardan bo‘lib haydovchilik guvohnomasini olib, avtomobil haydagan. Qolaversa, u ayollarga mashina haydash huquqini berish kerakligi bo‘yicha bir necha marta chiqish qilgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Kambag‘allik, ishsizlik, shuningdek, Yaqin Sharqdagi ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bir qancha xayriya loyihalarida faol ishtirok etgan Amira arablarning “malika Dianasi” deb ham ataladi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Shahzodaning qarindoshlari erkin turmush tarzi sabab uni yoqtirmaydi. Turmush qurganiga 10 yildan ko‘p vaqt o‘tsa ham merosxo‘r dunyoga keltirmagani qirollik oilasi vakillarining noroziligini yanada orttirgan. 

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

OAVda Amira bepushtligi, shahzodaning bundan xabari borligi va hatto nikoh shartnomasida mazkur punkt qayd qilingani yozilgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Boshqa mish-mishlarda esa malikaning o‘zi ona bo‘lishni xohlamasligi aytiladi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

2013-yilda juftlikning munosabatlariga nuqta qo‘yilgan. Ajrashish jarayoni tinch yakuniga yetgan, Amira va shahzoda do‘stligini saqlab qolgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Biroq hozirda ham qirollik oilasining rasmiy a’zosi emasligiga qaramay, odamlar uni malika deb atashda davom etadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Hatto turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan keyin ham xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishda davom etgan sobiq malika millionlab Sharq ayollari uchun o‘rnak bo‘la oladi. 2018-yilda sobiq malika milliarder Xalifa ibn Butti al-Muhayriga turmushga chiqdi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ko‘pchilik uni “Alovuddinning sehrli chirog'i” multfilmidagi malika Jasminga o‘xshatadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

U nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan, balki ichki olamining o‘ziga xosligi bilan ham ertak qahramonini esga soladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »