Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

XX asrning mashhur aktrisalaridan biri Meg Rayan hech qachon aktrisa bo‘lishni xohlamagan. Ammo iste’dodli kino yulduzi butun Gollivudni zabt etishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Getty Images

“Mohir mergan”, “Jannatmonand yer”, “Garri Sallini uchratganda” va “Sietllik qo‘shiqchilar” filmlaridagi rollar Meg Rayanni butun dunyoga mashhur qildi. Eng zo‘r rollar, o‘z davrining eng iste’dodli rejissorlari bilan ishlash, mashhurlik, muvaffaqiyat, yuqoti gonorarlar, boy oshiqlar va muxlislar armiyasi — uning hayoti ertakka o‘xshardi, aktrisa hammasini yo‘qotishdan juda qo‘rqardi... chunki u qariyotgan edi. Haddan tashqari xavotiq olganidan bir kechada karyerasini barbod qiladigan qarorni qabul qiladi.

Foto: Getty Images

Hozirda aktrisa filmlarda rol o‘ynamaydi, yangi rollarga taklif qilinmaydi, qizil gilamda-ku umuman ko‘rinmaydi. Bunga ma’lum darajada uning plastik jarrohlikka moyilligi ta’sir ko‘rsatdi. Yoshligidanoq aktrisa burun, lab, yonoq, qoshlarini korreksiya qilish va yuzini torttirish uchun operatsiya stoliga qayta-qayta yotadi.

Operatsiyalar tufayli istarali va nafis Megning tashqi ko‘rinishi qo‘pol bo‘lib, bachkanalashib boraverdi. Lablar hajmi va shakli o‘zgardi, terisi yupqalashdi.

Foto: Getty Images

Sokin, romantik komediyalarning sobiq yulduzi Nyu-York ko‘chalarida paparatssilar nishoniga aylanganida 61 yoshli aktrisani tanib olish haqiqatan ham juda qiyin edi — plastik jarrohlik uni yoshartirmay, aksincha tashqi qiyofasini qaritdi, yuzini esa assimetrik qilib qo‘ydi. Meg o‘zini yoshartirishga qanchalik urinmasin, muxlislar uni jarrohlik aralashuvlardan oldingi tabiiy va samimiy mallasoch aktrisa sifatida eslashadi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »