Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sahnasi yulduzlari nafaqat mashhurlik jihatidan, balki undan yaxshi pul topish imkoniyati tufayli ham yetakchi. Quyida eng qimmat qo‘shiqlar haqida ma’lumot beramiz.

Ketti Perri

Foto: Getty Images

Qo‘shiqchi musiqalarining mualliflik huquqini Litmus Music ga sotish orqali eng muvaffaqiyatli bitimlardan birini amalga oshirdi. Gap beshta albom haqida ketmoqda — One of the Boys, Teenage Dream, Prism, Witness va Smile — ular uchun xaridor 225 million dollar to‘lagan.

Jastin Biber

Foto: Getty Images

Hozirda Britaniyaning Hipgnosis Songs Capital kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 291 ta singl katalogida e’tirof etilgan Justice albomi ham mavjud. Biber mazkur albomi uchun 200 mln dollar olgan.

Future

Foto: Getty Images

Iste’dodning bahosi baland. Reper Future ham buni biladi. Shunday qilib, o‘tgan yili Future 612 ta qo‘shiq jamlangan katalogini Influence Media Partners kompaniyasiga 475 mln dollarga sotdi.

Shakira

Foto: Getty Images

Ikki yil oldin Britaniyaning Hipgnosis Songs Fund kompaniyasi Shakiraning 145 ta singldan iborat katalogini sotib oldi. Garchi kelishuv miqdori bugungi kungacha oshkor etilmagan bo‘lsa-da, san’atkorning xitlari “Eng qimmat qo‘shiqlar” reytingiga kirishi aniq.

Red Hot Chili Peppers

Foto: Getty Images

Hipgnosis Songs Fund — musiqa bozoridagi eng yirik va ishonchli o‘yinchilardan biridir. Shu sababli RHCP yigitlari 2020-yilgacha yozilgan barcha musiqalarining mualliflik huquqini sotishdan xafa bo‘lishmagan. 140 ming dollarlik shartnoma ularni mamnun qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »